Dubay ko`chalarini robokoplar nazorat qilishadi

Dubay ko`chalarini robokoplar nazorat qilishadi

Birlashgan Arab Amirliklar boshqarmasi ko`chalarda tartibni saqlash uchun robotlarni jalb qilmoqchi.

Ma`lumotlarga ko`ra, birinchi robokoplar Dubay ko`chalarida keyingi ikki yil mobaynida paydo bo`ladi. Moslamalar butunlay avtonom bo`ladi va besh yil mobaynida inson aralashuvisiz o`z vazifalarini bajarishlari mumkin. Ammo, gollivud qiyofasidan ko`ra arab politsiya-robotlari ko`proq tinchliksevar bo`ladi. Ular turistlarga yordam beradi. “Insonlar ularga savol berishlari va o`z noroziliklarini bildirishlari mumkin, hamda shunchaki robotlar bilan suhbatlashishlari ham mumkin” deb Dubay politsiya boshqarmasi polkovniki aytib o`tdi.

Eslatib o`tish joizki, ilgari Dubay politsiyasining yangi texnologiyalarga javob beradigan mahsus bo`limida, haydovchilarning yo`lda tezlikni oshirganini aniqlash uchun Google Glass dan “aqlli” qo`zoynaklarni ishlatmoqchi bo`lganlar. Bundan tashqari, shaharda qutqaruv ishlarida faol tarzda dronlar ishlatiladi.

Manba: Naked Science

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social