Dubayda pent`xaus xaridorlariga Lamborghini Aventador sovg`a qilinadi

Dubayda pent`xaus xaridorlariga Lamborghini Aventador sovg`a qilinadi

Dubayning qurilish kompaniyasi Damac Properties o`zining hashamatli uylarini sotib olgan har bir mijoziga supermashina Lamborghini Aventador ning yangi versiyasini sovg`a qilishga qaror qildi. Bu erda gap Damac Maison binodagi to`rt xonali pentxaus haqida ketyapti va ushbu xonadonning narxi 15 million dollardan boshlanadi.

Ushbu taklif Dubay savdo-sotiq festivalida (DSF) ish olib boriladi va mazkur festival 2-fevral kunigacha davom etadi.

Bundan tashqari byudjetli turar joy xaridorlari qurilish kompaniyadan sovg`aga krossover BMW va xetchbek MINI Cooper olishadi va bu albatta xonaning maydoniga va narxiga bog`lik bo`ladi.

Firstpost Business nashrining xabarlari bo`yicha, shunga o`xshagan taklif 2013-yilda ham bo`lgan. To`rt xonali uy xaridorlariga supermashina Audi R8, uch xonali uchun – sedan Audi A8, ikki xonali uchun – Audi A6, bir xonali uchun esa – Audi A4 mashinalari sovg`a qilingan edi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Jahon

    Endi uyni moshinasi bilan sotishvotide o’zicha?

  2. Исмингиз

    uzbekistonda 15 million dollarga kancha moshina va uy olsa buladi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social