Dunyodagi eng boy mamlakat: bu yerda 60 dan ortiq davlatlarning puli saqlanadi

Dunyodagi eng boy mamlakat: bu yerda 60 dan ortiq davlatlarning puli saqlanadi

Dunyo Oltin zaxiralari

Hech kimga sir emas har bir mamlakatda oltin zaxiralari mavjud. U davlat moliya vazirligi yoki markaziy bank tomonidan boshqariladi. Bu zaxira bilan milliy valyuta mustahkamlanadi. Lekin bu boyliklarning barchasi qayerda saqlanadi? Aslida, har bir mamlakat o’zining sirli joyiga ega.

Lekin qaysi davlatning oltin zaxirasi boshqalardan o’tib ketdi? Ma’lumotlarga ko’ra – bu AQSH. Tasavvur qiling, bugungi kunda Amerikaliklarning oltin zaxiralari 8,133.5 tonnani tashkil etdi. Barcha mamlakatlarning oltin-valyuta zaxirasining umumiy hajmi – 33,259.2 tonna, AQSHning zaxirasi esa juda katta ulushni tashkil etadi.

AQSHning bosh zaxirasi

Amerika Qo’shma Shtatlarining (4500 tonna) oltin fondining yarimidan ortig’i Kentukki shtatida joylashgan Fort Noks harbiy bazasi hududida saqlanadi. Bu, masalan, Germaniya umumiy oltin zaxirasidan (3,377.9 tonna) ko’proq va u jahon oltin zaxira reytingida ikkinchi o’rinda turadi.

AQSHning qolgan oltin zaxiralari West Point (1700 tonna), Denver (1400 tonna) va Manxetten Federal Reserve bankining (400 tonna) yerto’lasida saqlanadi.

Fort Noksga kirish, nafaqat oddiy odamlar uchun, balki prezident uchun ham taqiqlangan. Oltin zaxira ma’lumotlarni saqlash va ularning xavfsizligi uchun AQSH G’aznachilik boshqarmasi javob beradi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. 777

    bizni oltin zaxiramiza qancha elan? Qatar saqlasharkin?

  2. Amirxon

    Hech qachon oddiy odamlar buni bila olishmasa kerak))) laugh

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social