Dunyodagi eng boy odam Instagram da o’z akkauntini ochdi

Dunyodagi eng boy odam Instagram da o’z akkauntini ochdi

Microsoft asoschisi Bill Geyts nihoyat Instagram da o’z akkauntini ochdi. U o’zining birinchi rasmini Tanzaniyada yukladi. U Tanzaniya mahalliy maktablarini ko’rishga borgan.

Dunyoning eng boy insoni akkauntida biz kema, avtomobil, qimmat oziq-ovqat va tropik orollarni ko’rmaymiz. U uchinchi dunyo davlatlaridagi oddiy odamlar muammolari va ularga qanday yordam berish yo’llar haqida yozadi.

12 soat ichida Bill Geytsning Instagrammdagi sahifasiga 30 ming dan ortiq foydalanuvchilar a’zo bo’lgan va har bir daqiqada bu foydalanuvchilar soni ortib bormoqda. Forbes hisob-kitoblariga ko’ra Bill Geytsning boyligi $86 milliard ni tashkil etadi.

Bill Geyts Microsoft rahbari sifatida o’z lavozimini tark etgan. U hozirda kompaniya boshqaruvidan butunlay ketib, endilikda deyarli barcha vaqtini hayriya ishlarga bag’ishlamoqda.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social