Dunyodagi eng qimmat fotosurat

Dunyodagi eng qimmat fotosurat

Hozirgi vaqtda dunyodagi eng qimmat fotosurat Piter Likning Phantom («Fantom») deb nomlanuvchi surat hisoblanadi. Fotosuratni shu yilning dekabr`ida noma`lum kollektsioner 6,5 mln AQSh dollar evaziga sotib oldi.

Kollektsioner ushbu surat bilan birga muallifning yana ikkita suratlarini ya`ni Illusion («Illyuziya») va Eternal Moods («Cheksiz kayfiyat») sotib oldi. Birinchi surat 2,4 mln ikkinchisi esa 1,1 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Shunday qilib Piter Lik tarihdagi 20 suratlardan to`rtasining muallifi sanaladi (yana bitta One («Bir») nomli surat 2011 yilda 1 mln dollar narhida harid qilingan edi). Oldin eng qimmat surat Andreas Gurskning Rhein II («Reyn II») bo`lgan. Mazkur surat 2011-yilda 4,3 mln dollar narhida sotilgan edi.

Lik Phantom suratni shimoliy Arizonada (AQSh) Ohu Kan`onida olishga muvaffaq bo`lgan edi. Nashrlarning aytishlaricha, ushbu yorug`ni bu kan`onda ko`plab fotosuratchilar olishga harakat qilgan edilar, biroq faqatgina Piter Lik chang bulutida sharpa figurasini olishga muvaffaq bo`lgan.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Laziz

    Xa buni sotib olish uchun ozgina axmoqona bo’lish kere

  2. узбек

    ха чиройли, гап булиши мумкинмас. аммо 6,5 миллион доллар??? бу жиннилик!

  3. Salom

    Jinnilik bu nexiani shapka bilan sotish! Bu esa ijod.

  4. Jahon

    Laziz bu inson fotorasmni axmoq bo’gani uchun 6,5 mlnga sotib omagan. Ish bilarmon bo’lgani uchun sotib olgan. axmoqlar esa ko’chada ichib kaif qilib yuribdi.

  5. ozodbek

    suratni tushunmadim nima ekan

  6. Nik

    Yo banaa manga kesa 4500$ bersa uzim czb beraman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social