Endi velosipedda parvoz qilamiz

Endi velosipedda parvoz qilamiz

Angliyalik ikki injener 1,5 km balandlikgacha parvoz qila oladigan velosiped ixtiro etishdi. Yannik Rid va Djon Fodenning ta`kidlashicha, “XploreAir X1” velosipedi shaxsiy transport sohasida keskin o`zgarishlarga turtki bo`lishi mumkin. Sababi bu velosipedga turli xildagi trbandlilar to`siq bo`laolmaydi, qolaversa ko`tarilish va qo`nishi uchun maxsus yo`lakchalar ham shart emas. Ushbu velosiped havoga ko`tarilgach 40 km/s tezlik bilan 3 soat davomida ucha oladi. “Uchuvchi velosiped”  bio-yoqilg`ida ishlaydi, hamda kuchli havo parragi va parashyut  bilan jihozlangan. Ixtirochilar hattoki uzoq sayohat va tabiat qo`ynida tunab qolish uchun maxsus palatka ham o`ylab topishgan.

Ushbu yangi qurilmaning o`lchami oddiy velosipeddan  uncha ktta bo`lmay, uni uyga yoki ofisga olib kirish mumkin.

Djon Fodenning  ta`kidlashicha,  ushbu yangi velosiped Rayt yaratgan uchuvchi velosipedga o`xshaydi. Ammo Rayt yaratgan uchuvchi velosiped katta qanotlari bilan yangi modeldan farq qiladi.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. 7778

    100% garantiya – bu xavfli

  2. axad

    man ham qo’wilaman ayniqsa bizzi ko’4alarda

  3. jahon

    Endi uchmagan velisoped qoluvdi. Yaqinda Abdullajon kinosidagidek ketmonda uchamizmi deyman?!

  4. Odil

    Xa kelajakda hamma narsa uchaman deydi, kere bo’sa odamla ketmonni ham uchurvorishadi smile

  5. DDD

    Eyiii videoda MATIZ moshinasi o’tib ketdimi))))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social