Everestdan birinchi videoqo`ng`iroq

Everestdan birinchi videoqo`ng`iroq

Britaniyalik Daniel X`yuz (Daniel Hughes) Everestdan (dengiz sathidan 8848 metr balandlikda)  -35°C havo sharoitida BBC axborot agentligi bilan jonli efirda video qo`ng`iroqni amalga oshirdi. Daniel X`yuz ushbu qo`ng`iroqni amalga oshirishda HTC One smartfonidan foydalandi.

Bu tepalikka chiqish uchun ketadigan barcha sarf xarajatni HTC kompaniyasi qopladi, addiy til bilan aytadigan bo`lsak bosh homiy bo`lgan. Cho`qqiga chiqishning asosiy maqsadi, muhtojlarga yordam beruvchi Comic Relief fondi uchun bir million funt yig`ish edi. Daniel X`yuz esa bu fondning faol ishtirokchisi hisoblanadi. Daniel tepalikka fondning timsolini –masqarabozning qizil burnini olib chiqishi kerak edi.

Daniel Hughes

Er yuzining eng yuqori cho`qqisiga chiqish (dengiz sathidan 8848 metr balandlikka) xar doim ham inson va texnika uchun qiyin masala bo`lib kelgan. Daniel cho`qqiga chiqish vaqtida HTC One smartfoni orqali ijtimoiy tarmoqlarda ekspeditsiya kundaligini olib borgan, rasmlar va video lavxalarni, hamda Ultrapixel-kamera yordamida olingan HTC Zoe video lavxalarini joylashtirib borgan. Uyali aloqa bo`lmagan joylarda esa asosan dengiz kemalari ko`p qo`llaydigan Inmarsat sun`iy yo`ldosh tizimidan foydalangan.

Aytib o`tish lozimki, oldin ham Everest cho`qqisidan qo`ng`iroq amalga oshirilgan edi, ammo Daniel smartfon orqali birinchi video qo`ng`iroqni amalga oshirdi.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    balli shunday havo sharoitida gapirib turganining o’zi bir qahramonlik

  2. a

    чикишга чикишадию кандай киб тушишаркан? манга мана шуниси киззик

  3. karim

    bu endi HTC One reklamasimi?

  4. messi

    htc one ko’p joyda o’zini reklamaga tiqyapti, e’tibor berib qaragan bo’lsangiz futboldayam paydo bo’la boshladi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social