Facebook ning “Like” tugmasini yaratuvchi shaxs ijtimoiy tarmoqlardan bosh tortdi

Facebook ning “Like” tugmasini yaratuvchi shaxs ijtimoiy tarmoqlardan bosh tortdi

“Like” tugmachasini yaratgan sobiq Facebook dasturchisi Justin Rosenstein ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni o’ziga taqiqladi, chunki uning fikricha ular juda kuchli odat tusiga kirib odamlar hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Dasturchi bunday qaramlikni tashlashga qaror qildi.

Justin Facebook ning iPhone’dagi ilovasini olib tashladi va o’z assistentidan smartfonga cheklov o’rnatishni so’radi, bu odatda har qanday ilovalarni yuklab olishni taqiqlaydi. Dasturchi, shuningdek Reddit va Snapchat ga kirishni ham to’sib qo’ydi.

Justinning so’zlariga ko’ra, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarga reklama sotish maqsadida tez-tez qaytib kelishlari uchun barcha imkoniyatlarni amalga oshiradilar.

Ma’lumotlarga qaraganda, Twitter va Google xodimlari o’zlarini Internet orqali cheklashni boshladilar. Ular odamlarning e’tiborini jalb qilish uchun haqiqiy bir falokatga aylanishidan qo’rqishar ekan.

Manba: Medialeaks

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social