“Futbol hayot uchun!”

“Futbol hayot uchun!”

“Xayot uchun!” xayriya forum marafonidan oldin 23 aprel kuni soat 16:00 poytaxtimiz JAR sport maydonida sahna yulduzlari, kino aktyorlari va yoshlar tashshabusi “Kelajak ovozi” markazi termalari o`zaro do`stona futbol uchrashuvida kuch sinashadi. Bu xaqda Fond Forum xabar beradi.

O`yinni mashhur o`zbek aktyori va rejisseri Murad Radjabov boshqarib boradi. Chipta sotuvidan yig`ilgan barcha mablag` ko`krak bezi saraton  kasaliga chalingan ayollarga yordam, xayriya aktsiyalari va dasturlari o`tkazilishi uchun yig`iladi. “Futbol hayot uchun!” aktsiyasining tashkilotchilari Fond Forum, “Xayot uchun!” ko`krak bezi saraton kasali Milliy Assotsiatsiyasi  va YoTM “Kelajak ovozi” ishtirok etishadi.

Futbolni tomosha qilish uchun chiptalarni xoxlagan muxlis Jar sportmaydoni kassalarida sotib olishi mumkin.O`zlarining qo`shgan hissasidan tashqari muxlislar va teletomoshobinlar o`zlari yaxshi ko`rgan aktyorlari va tengdoshlari o`yinlaridan zavq olishlari mumkin.

Kino yulduzlar terma jamoasida Djaxongir Poziljonov, Adiz Radjabov, Alisher Uzokov, Javlon Shadmanov, Ravshan Xodjiev va boshqa aktyorlar ishtirok etishadi. Xonandalar terma jamoasiga “Saxro”, “Zarba”, “Ummon” guruhlari, xonanda Shoxrux-xon, Alisher Fayz, Ulugbek Raxmatulaev va boshqalar kirishadi.

Maydonda faol muxlislardan Rayxon, Ziyoda, Munisa Rizaeva va o`zbek saxnasining go`zal yulduzlari ishtirok etishadi.

Umid qilamizki, ushbu o`yin qiziqarli va muxlislar uchun maroqli tarzda bo`lib o`tadi. O`zlaringiz sevgan yulduzlarga muxlislik qilishni unitmang!

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    зур хайрия учрашуви, албатта кирамиза. Нафакат актёр ва хонандалар иштироки учун, балки фойдали иш килиш учун.

  2. _5555_

    билети канча тураркин?

  3. Номаълум

    shu futbol uyini albatta kurish kerak! uni sport kanalida kursatarmikan???

  4. umid

    qizik uyin bular ekan :)))

  5. sulton

    ular uzi futbol uynashni biladimi???

  6. nilyufar

    xa qizik buladi yulduzlarni futbolini kurish smile

  7. maidna

    qizlar xam uynaganda yaxshi va qiziq bulardi

  8. jasur

    qizlar bolet qilib utirursin!!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social