Google eski rasmlarga yangi hayot bermoqda

Google eski rasmlarga yangi hayot bermoqda

Google kompaniyasi qog’ozga chiqarilgan rasmlarni smartfonga yaxshi sifatda ko’chirib oluvchi yangi ilovani taqdim etdi.

Har birimizning hayotimizda eski rasmlarni smartfonga olib biror kimga jo’natgan paytimiz albatta bo’lgan. Shu vaqtda asosan smartfonni qo’lga olib, rasmga tushurishga harakat qilar edik. Qayta olingan suratlar turli xil sifatda bo’ladi, chunki tashqi omillar ya’ni yorug’lik va boshqa omillar suratga ta’sir qiladi. Google kompaniyasi shu narsalarni hisobga olgan holda, yangi ilovani yaratishga shaylandi va hozirga kelib yangi “PhotoScan” ilovasi yaratildi.

“PhotoScan” ilovasi nafaqat rasmni qayta tushuradi, balki uning yaxshi nusxasini yaratishga harakat qiladi. Ushbu ilova avtomatik tarzda kodlashtiradi, to’g’rilaydi va rasmni to’g’ri holatga aylantirishi ham mumkin.

14

Rasmiy saytda ta’kidlanishcha, “PhotoScan” yorug’lik nurlarini olib tashlaydi va skaner qilingan rasmlarning sifatini ko’taradi. Rasmni “skaner” qilgandan so’ng, uni Google Photos xizmatida saqlash mumkin.

“PhotoScan” ilovasi bepul. Ushbu ilova iOS va Android operatsion tizim ostidagi barcha smartfonlarga mavjud.

Manba: NakedScience

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social