Google saytlarda reklamalarni o`chirishga ruxsat berdi

Google saytlarda reklamalarni o`chirishga ruxsat berdi

Google kompaniyasi Google Contributor loyihasini ishga tushirdi va ushbu loyiha foydalanuvchilarga sayt-kontentini pul evaziga reklamasiz ko`rishga imkoniyat beradi.
/>
Xizmat uchun to`lov oyiga 1-3 dollargacha bo`ladi. Ushbu to`lov orqali foydalanuvchi saytlarni reklamasiz ko`rishi mumkin. Hozirda reklamasiz saytlar juda oz. To`lov esa saytning yaratuvchilariga jo`natiladi. Ushbu qismdan Google ham olishi yoki olmasligi aniqlanmagan.

Dastur ishtirokchilari reklama xabarlar o`rniga saytning yaratuvchilarini qo`llash uchun minatdorchilik bildirishadi.

Xozirgi vaqtda Google Contributor sinov tartibida ishlamoqda va takliflar uchun ochiqdir. Google ushbu loyihani davom ettirishi yoki ettirmasligi noaniq.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social