Google Zeitgeist yil yakuni!

Google Zeitgeist yil yakuni!

Google kompaniyasi ananaviy Zeitgeist yil hisobotini taqdim qildi. 2011 yil yanvar boshidan to noyabr oyining oxiriga qadar bo`lgan qidiruv tizimidagi eng ko`p so`rovlar ro`yxati.

yirik qidiruv mashinalariga ega bo`lgan Google internet – giganti, mana necha yildirki yangi yil yakunida, qolgan qidiruv tizimlari singari, yil davomida global tarmoqda eng ko`p so`rovlar ro`yxatini e`lon qilib kelmoqda. Google Zeitgeist servisi qidiruv tizimi saytiga kelib tushgan barcha so`rovlar oqimini yig`ib, uni analizlaydi va uni chastotasi va mashxurligi bo`yicha taqsimlab ro`yxatini tuzadi.

Ro`yxatning o`ninchi o`rnini Apple kompaniyasi ishlab chiqargan –  iPad2 ga bo`lgan mo`rojatlar soni ko`chli o`nlikni boshlab beradi. iPad2 sotuvga chiqarilganidan keyingi birinchi dam olish kunlarining o`zidayoq 500 mingta iPad2 sotilgan.

2011 yil oktyabr oyidagi Stiv Djobsning olamdan o`tishiga oid Google qidiruv tizimiga kelib tushgan so`rovlar to`qqizinchi o`rinni egallagan.

Ro`yxatning sakkizinchi o`rinida esa shu yilning mart oyida Yaponiyada bo`lib o`tgan er qimirlashiga oid so`rovlar egallagan. Eslatib o`tamiz, bu er qimirlashi oqibati “Fukusima” AES sida avariyaga olib kelgan.

“21” nomli ikkinchi al`bomini chiqarishga muvofaq bo`lgan 22 yoshli angliyalik xonanda Adel` ham Google qidiruv tizimida so`ravlar ichida mashxur bo`lgan. Adel` reytingning 7 o`rinini band etgan. Uning al`bomi mashxur chartlarda 16 haftagacha birinchi o`rinlarda bo`lib kelgan, al`bomning 208 mingta nusxalari sotilgan.

2012 yil sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan yangi Apple iPhone5 smartfoni nomiga bo`lgan so`rovlar soni reytingning oltinchi o`rnini egallagan.

Battlefield 3 video o`yini esa reytingning beshinchi pog`onasini egalladi. Bu o`yin chiqishi bilan bir haftaning o`zida 5 millionga yaqin nusxasi sotilgan.

G`arb mamlakatda yashovchilarning e`tiborini yana bir shaxsga, Florida shtatida yashovchi 34 yoshli Keysi Entoniga qaratilgan. Shu yilning iyun oyida undan barcha ayiblovlar olib tashlandi. U 2 yoshar qizi Keyilini o`limi bo`yicha ayblanyotgan edi.

Uchinchi o`rinda esa 20 iyunda avtoxalokat natijasida olamdan o`tgan 34 yoshli amerikalik aktyor Rayan Dann turibdi. U o`zining “Chudaki” va “Da zdravstvuet Bem!” proektlaridagi ishtiroki bilan mashxurlikka erishgan.

Ro`yxatning ikkinchi o`rnida esa iyun oyida ishga tushgan “Google+” servisi turibdi. Bu servis ishga tushganidan keyin deyarli uch xafta ichida 10 million foydalanuvchilar yordamida katta baza tashkil qilingan.

Google hisobatiga ko`ra yil davomida eng ko`p so`rovlar 13 yoshli xonanda Rebekka Blek nomiga murojat qilingan. Rebekka Blekning “Friday” qo`shig`ini YouTube saytida  167 mln. foydalanuvchi ko`rib chiqqan.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Салом

    Войбў! Гуглга респект. Қандайдир поисковикдан гигантга айланиб кетди. Гап йўқ.

  2. нодир

    ха ростдан жуда керакли статистика! рахмат

  3. bot

    xa google insonlarning eng buyuk va kerakli programmasi, googlesiz internet xam, internet bulmasti

  4. nick

    google internet xayotini ushlab turadigan vositalardan birdir

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social