Hech kim yeyolmagan eng katta burger

Hech kim yeyolmagan eng katta burger

Buyuk Britaniyaning eng katta burgeri bilan tarnishing. Burgerning vazni 2,5 kg va 7000 kaloriyaga ega. Bugungi kungacha hech bir inson uni ohirigacha iste’mol qila olmagan ekan.

Burger 1 kg go’sht, 800 g non, 500 g salat va 200 g pishloqdan iborat. Uning narxi 10 funt va u Beysildon shahridagi “The Edge Bar” kafesida taklif etilmoqda. “Ogre Burger” Buyuk Britaniyadagi eng katta burgeri hisoblanadi. Uni 30 daqiqa ichida butunlay iste’mol qilgan inson hech nima to’lamasligi mumkin ekan.

1364547955

Ogre Burgerni ta’tib ko’rgan insonlar ohirigacha iste’mol qila olishmagan. Burger likopchada fri kartoshka bilan birga beriladi va uni tayyorlash uchun 2 soat ketadi. O’rtacha kaloriya bo’yicha u 8 ta oddiy burgerga teng kelar ekan. Kafeda “Wall of Shame” (uyat doskasi) o’rnatilgan bo’lib, unda Ogre burgerni ohirigacha yeyolmagan insonlarning rasmlari joylashgan.

The Edge kafening bosh-oshpaz Adam Woodning aytishicha, hech kim ushbu burgerni butunligicha yeyolmagan. Eng yaxshi natija, bu likopchada ovqatning chorak qismi qolgani bo’ldi.

Manba: medikforum.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social