Ibrohim Xamato – dunyodagi yagona qo`lsiz tennischi! (+video)

Ibrohim Xamato – dunyodagi yagona qo`lsiz tennischi! (+video)

Misrlik Ibrohim Xamato dunyodagi yagona qo`lsiz stol tennischidir. Sportchining stol tennisiga bo`lgan sevgisi shunchalik kuchli bo`lganki, hatto yoshligida baxtsiz hodisa tufayli u qo`lsiz qolgan, ammo ularsiz yashashni ham o`rgangan. U nafaqat qo`llarsiz yashab kelyapti, balki yana mahorat bilan tennis raketkasin og`zida ushlab o`ynamoqda.

2014-yilda Ibrohim dunyoning eng kuchli stol tennischisi bilan bellashishga muvaffaq bo`lgan va Halqaro stol tennis tashkilotidan Tokioda bo`lib o`tgan Jahon chempionatiga taklifnomaga ega ham bo`lgan.

Mening qo`llarim 10 yoshimda baxtsiz hodisa tufayli yo`qotganman. Biroq men stol tennisini juda sevar edim, shuning uchun ushbu voqeadan uch yil o`tgandan so`ng yana o`ynashni davom ettirishga qaror qildim. Raketkani qo`ltiq tagida ushlashga harakat qilganman, biroq bu narsa foyda bermadi. Boshqa yo`llarini qidirishni boshladim va men raketkani og`izda ushlashni o`rgandim. Mening hayotimda ikkita yutuq bor: mening xotinim, u men uchun hamma narsadir va ikinchisi esa stol tennisidir. Undan men har bir yutgan ochko bilan zavq olaman. Men uchun Jahon chempionatida qatnashish katta sharaf bo`lgan, men dunyoning eng yaxshi sportchilarni kuzatishga va hatto ular bilan o`ynashga muvaffaq bo`ldim. Umid qilamanki, mening hayot namunam shuni ko`rsatadiki, agarda sen maqsadinga erishish uchun qattiq ishlasang, demak sen uchun hech qanday ilojsiz narsaning o`zi yo`q – deb aytib o`tdi Ibrohim.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. bolakay

    qoyil qolishdan boshqa iloji ham yuq, irodali insonlani kurib, ularni hayotidan guvohlik eshitib o’z hayotimga shukur qilaman, man ham kuchli irodaga ega bulishni istayman, lekin afsus bu narsa faqat hohish bulib qolmoqda

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social