Ice Bucket Challenge: Samsung Galaxy S5 chaqiriqni iPhone 5s ga berdi (+video)

Ice Bucket Challenge: Samsung Galaxy S5 chaqiriqni iPhone 5s ga berdi (+video)

Hozirda internet olamida Ice Bucket Challenge (Muzli Chelak Bahsi) davom etmoqda. Ushbu bahslarda barcha kino va musiqa yulduzlari va ko`plab boshqa maxshur insonlar foal ishtirok etib kelmoqdalar. Hamda ushbu bahs Sharko kasalligi yani mushak falaji bilan kasallangan insonlarni davolash uchun hayriya maqsadida o`tkazilmoqda.

Mazkur bahs shundan iboratki: siz o`zingizning ustingizdan muzli chelak suvni (sovuq suvni) quyishingiz kerak bo`ladi va quyishdan oldin siz boshqa insonga chaqiriq berishingiz kerak bo`ladi. Boshqa inson shu bahsni qabul qilishi mumkin yoki hozirda davom etayotgan Sharko kasalligi yani mushak falaji bilan kasallangan insonlarni davolash uchun hayriyaga moliyaviy yordamini berishi zarurdir.

Va hozirda navbat biz sevgan smartfonlarga ham etib keldi. Bunda birinchi bo`lib shu bahsni Samsung kompaniyasi boshlagan. Samsung internetda video lavha joylashtirgan bo`lib, ushbu videoda Galaxy S5 smartfonini ustiga muzli suv quyiladi va keyin smartfon ovozli yordamchi orqali chaqiriqni iPhone 5s, Lumia 930 va HTC One M8 smartfonlariga berdi.

Biroq aytib o`tishimiz kerakki, Samsung oldin ushbu kasallikka qarshi moliyaviy yordamini yani hayriyani jo`natgan edi.

Video:

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. akrom

    telefonlarni xam tinch kuyishmidilar! Poezd tagiga kuyishdi, muz suv bilan ag’darishdi, keyin nima buladi? Baland binodan tashab qaysi biri tezroq tushadi deb uynashadimi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social