Instagram – selfilardan stikerlar yaratadi

Instagram – selfilardan stikerlar yaratadi

7

Instagram bir necha yangiliklarni e’lon qildi. Ulardan biri selfilarni stikerlarga aylantirish va ularni rasmlarga va videoga joylashtirish imkoniyati beruvchi yangilikdir.

Selfi rasmi olinganidan so’ng, kulib turgan belgini bosing – shunda kamera belgisi bilan stiker paydo bo’ladi va siz mini selfi qilishingiz mumkin. Rasmga tushishdan oldin yoki keyin foto ramka tanlashingiz mumkin. Shundan so’ng ekranning har qanday qismida stikerni joylashtirish va hajmini sozlash mumkin.

Selfi-stikerni nafaqat rasmga, balki videodagi ma’lum bir ob’ektga ham joylashtirish mumkin. Stikerlar barcha video format bilan ishlaydi va bir videoga bir necha dona stikerlar qo’shishingiz mumkin. Shuningdek, eng sevimli stikerlar uchun alohida ekran ham paydo bo’ldi.

Manba: Lifehacker

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social