Instagram video chatlarni ishga tushirdi

Instagram video chatlarni ishga tushirdi

May oyida bo’lib o’tgan F8 konferensiyasida, Instagram ijodkorlari dasturda video chat paydo bo’lishini aytib o’tgan edilar. Kompaniya o’z so’zidan chiqdi va mazkur funksiya “Direct” orqali taqdim etildi.

Yangilanish bir kishi yoki to’rtta foydalanuvchiga qadar guruhda suhbatlashish imkonini beradi. Qo’ng’iroqni boshlash uchun, yozishmalarni oching va o’ng tomondagi video kamera belgisini bosing.

Agar guruh suhbatlarida video-qo’ng’iroq bo’lsa, kamera belgisi ko’k rangga aylanadi. Birgalikda ishtirok etish uchun uni bosing. Chatni xohlagan vaqtda tark etishingiz mumkin.

Siz Direct-da yozishmalaringiz bo’lgan har kimga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin. Agar siz odamni bloklasangiz, u siz bilan video suhbat orqali bog’lana olmaydi.

Shuningdek, Instagram-da boshqa foydalanuvchilarning yuz filtrlari paydo bo’ldi. Ushbu niqobni sinash uchun uning yaratuvchisiga obuna bo’lishingiz yoki ko’rilgan tarixda uni bosishingiz kerak. Filtr mualliflari orasida faqatgina mashxur yulduzlar bor, masalan, qo’shiqchi Ariana Grande.

Bundan tashqari, kompaniya “Qidiruv va Qiziqarli” yorlig’iga yangiliklar kanallarni qo’shish orqali yangiladi. Ular orasida – “Sa’nat”, “Tabiat”, “Xazil” va “Siz uchun” shaxsiylashtirilgan kanallari ham bor.

 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social