Istanbulda Leonardo da Vinchi loyihasi bo`yicha ko`prik!

Istanbulda Leonardo da Vinchi loyihasi bo`yicha ko`prik!

Istanbulda shaharning Evropa qismini shimoliy va janubiyga ajratadigan Oltin shoh ko`rfazi ustidan Leonardo da Vinchi loyihasi bo`yicha ko`prik qurishadi.

Italiyalik ustaning chizmalaridagi barcha ko`rsatmalarga rioya qilinadi, barchasi aslidagidek saqlab qolinadi, faqat qurilish ishlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi. Ko`prikning uzunligi 220 metr, balandligi 25 metrga teng bo`ladi (suv sathidan eng baland nuqtasida). Ko`prikning kengligi 10 metrga etadi.

Uch yil davomida xalqaro mutaxassislar jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan bu loyiha to`liq xususiy homiylarning pullari evaziga moliyalashtiriladi va buning uchun byudjet mablag`laridan foydalanilmaydi. Mahalliy hokimiyat ko`prik qurilishi loyihasini tasdiqlagan, biroq qurilish ishlari qachon boshlanishi hozircha noma`lum.

1 

Leonardo da Vinchining loyihasi 1502 yilga oid bo`lib, aynan o`shanda Usmonli imperiyasi sultoni Boyazid II ko`rfaz ustidan ko`prik qurishga qaror qilgan, biroq da Vinchining loyihasi ma`qul kelmagandi. Oradan deyarli 500 yil o`tib Uyg`onish davri ital`yan ustasining chizmalariga Osloda murojaat qilishdi – 2001 yilda u erda Leonardo ko`prigining kichiklashtirilgan talqini qurib bitkazildi. Shundan so`ng Turkiyada original loyihani bunyod etishga qaror qilindi. Hozirda Bosfor bo`g`oziga quyiladigan Oltin shoh ko`rfazi ustidan to`rtta ko`prik solingan, biroq bittasidan foydalanilmayapti.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. a

    leonardo da vinchining yana bir ishlanmalaridan biri, da vinchining bu boradagi talantini eshitmagan ekanman

  2. Ismoil

    man da Vinchi haqida juda qizziqaman, haqiqatdan ham u o’z davrining ajoyib olimlaridan biri, uning fanga kiritgan ajoyib yangiliklari hamon qo’llanib kelinmoqda, bu ko’priq haqida esa man ham birinchi marta eshitishim, rahmat fazo.tv ijodkorlariga, o’qib mazza qildim

  3. Nodir

    oldim lekin juda yaxshi va qobiliyatli olimlar bulgan! shuncha narsani uylab topishdi, xozir esa faqat ularning ixtirolarni yangilatyapti!

  4. madina

    nadeus ochen tvorcheski i krasivo polychitsya )))

  5. javoxir.uz

    uyliman Leonardaning kuprigi eng chidamli va sifatli buladi, xayron qolmiman agar unga ko’p finanslar ketmasa xam )

  6. Номаълум

    ким этолиди, тасаввур килинг, агар Леонардо да Винчи биззи замонамизда яшаганида – хозир хам шу каби янгиликлар яратаолармиди?

  7. hi-tech

    манимча у биринчилардан булиб компьютерни ихтирочиси сифатида таниларди :))))))

  8. Spartak

    albatta yarataolardi, inson yoki misol uchun Leonardo da Vinchi qaysa zamonada yashashidan qatii nazar, agar unga yuqoridan shunday inom va qobiliyat berilgan bo’lsa, qaysi davrda yashashidan qatii nazar, u shu inom va qobiliyatlarini ishlataolardi – bu mani fikrim

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social