Janubiy Koreyada elektro avtobuslar qatnovi yo`lga tushdi

Janubiy Koreyada elektro avtobuslar qatnovi yo`lga tushdi

Janubiy Koreyaning Gumi shahrida elektr quvvati orqali harakatlanadigan yo`lovchi tashish avtobusini sinovdan o`tkaza boshlashdi. Bu avtobuslar elektr quvvatini yo`l yuzidan, ya`ni elektromagnit induktsiya usuli orqali oladi. Bu kabi avtobuslarning narxi qimmat turadi, lekin aynan bu avtobusning afzallik tarafi shundaki uning harakatlanishi uchun mahsus asfal`t yo`llar shart emas.

Bu avtobuslar uchun alohida maxsus elektr liniyasi tortishning, yoki tok manbaiga ulanadigan moslamalar o`rnatishning keragi yo`q. Avtobuslar Koreyaning KAIST (Korea Advanced Institute Of Science and Technology) universiteti xodimlarining tadqiqot izlanishlari natijasida ishlab chiqilgan texnologiya, elektromagnit induktsiyasi, ya`ni rezonansdan hosil bo`ladigan magnit maydon texnologiyasi evaziga ishlaydi.

Sinovdagi avtobuslar Online Electric Vehicle (OLEV) deya nom olishdi. Bu avtobuslar uncha katta chuqurlikda yotqizilmagan magnit maydon hosil qiluvchi kabel yo`llaridan yuradi va avtobus pastki qismida joylashgan moslama bu elektromaydonni elektr tokiga aylantiradi va uncha katta bo`lmagan akkumulyatorlarga yig`adi.

Avtobus manzilga etib olishi uchun, yuradigan umumiy marshrut yo`lining 5-15% qismigagina maxsus kabel yotqizilishining uzi kifoya. Marshrutining qolgan qismida esa akkumulyatordagi elektr toki orqali harakatlanadi.

Hozirda Janubiy Koreyaning Gumi shahrida OLEV avtobusidan faqat ikkitasigina sinovdan o`tmoqda. 2015 yilga kelib esa avtoparkda OLEV avtobuslari sonini 10 taga oshirishni rejalashtirgan. Injenerlar esa avtobusning narxini maksimum darajada tushirishga zo`r berishgan. Sababi hozirda OLEV avtobusining har biri tahminan 630$ mingga teng.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Fozil

    Olaaa narxiiyam zo’r ekan-uuu)))

  2. Исмингиз

    Narxi narmalniyku!!!! Uncha qimmat emas. Bizani odiiy mers avtubuslarimizni narhi bundan qolishmidi.

  3. 159

    buni narxiga yangi futbol klubini tuzsa buladiyu

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social