Jazirama YoZ: issiq kunlardan osonroq o`tish uchun maslahatlar

Jazirama YoZ: issiq kunlardan osonroq o`tish uchun maslahatlar

Jaziramadan osonroq o`tish uchun qanday kiyim kiyish va nima iste`mol qilish kerak? Qaysi vaqtda muhim uchrashuvlarni va sport mashg`ulotlarini rejalashtirish lozim? Issiq ofisda qanday qilib vaqt o`tkazish mumkin?

Ko`pgina insonlar jazirama yoz kunlarini yoqtirmaydilar. Barchaga ma`lumki, jazirama issiq ko`ngil aynish, bosh og`iriq va boshqa kasalliklarni olib kelishi mumkin. Ayniqsa jazirama bolalarga, yoshi katta insonlarga, hamda yurak kasalliklariga chalingan insonlarga ta`sir qilishi mumkin.

Birinchidan jaziramada qanday kiyinganingizga e`tibor bering. Kamroq sintetika va ko`proq paxta kiyimlarini kiyishga harakat qiling. Kiyimingiz och ranglarda va keng bo`lishi kerak. Jaziramada, ayniqsa uzoq safarga borsangiz o`zingiz bilan panama, soyabon yoki elpig`ich olishni unutmang. Qizlarga makiyaj qilishni tavsiya qilmaymiz.

Iste`mol qilishga va ichishga e`tibor bering. Iloji bo`lsa og`ir va ziyonli ovqatlarni emang. Engil salatlarni, meva va sabzavotlarni ist`emol qiling. Ko`proq suv iching (kuniga 2-3 litr). Kamroq spirtli va gazli ichimliklarini iching. Shuningdek, jaziramada ko`k choy yordam berishi mumkin.

Esda tuting: jazirama bizning xohishimizga va ishlashga salbiy ta`sir o`tkazadi. Shuning uchun, agarda imkoniyat bo`lsa eng muxim ishlaringizni 11:00 gacha, yoki 18:00 dan keyin rejalashtiring. Sport bilan shug`ulanishni ham shu vaqtda bajarish yaxshiroqdir.

Ba`zida biz jamiyat sarosimiga qo`shilib va o`zimizga o`zimiz issiq deb nolishimiz mumkin. Lekin bu narsa faqatgina salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun, o`zingiz sevgan muzqaymoqni sotib oling, qishqi dam olishlardagi suratlarni tomosha qiling yoki qish haqidagi fil`mlarni va mul`tfil`mlarni tomosha qilishingiz mumkin. Shulardan so`ng, siz jaziramadan osonroq o`tishni his qilishingiz mumkin.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gulli

    Assalom alykum Fazotv juda ajoyib maqola chiqibti juda foydali yana jazirama yozlar kelmoqda albatta bularga amal qilamiz lekin biznikiday serquyosh olka qayerda bor by yerda yashash qanday baxt

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social