Jumboq: Kim aybdor?

Jumboq: Kim aybdor?

Kechki payt bir notanish mashina bir insonni urib ketdi va haydovchi voqea joyidan g’oyib bo’ldi.

Postda turgan militsiyaner mashina katta tezlikda harakatlanganini ko’rdi. Shuningdek, mashinani yana olti kishi ko’rgan, lekin ularni javobi har hil bo’lgan:

-mashina ko’k rangda va rulda erkak kishi edi;

-mashina chiroqlari o’chirilgan edi va katta tezlikda ketayotgan edi;

-mashinada nomer bor edi, lekin tezligi katta emas edi;

-mashina markasi “Matiz” edi, lekin o’chirilgan chiroqlar bilan ketayotgan edi;

-mashina nomersiz edi va rulda ayol kishi bo’lgan;

-mashina kul rangli, “Neksiya” edi;

Bir necha kundan so’ng, mashina ushlandi. Aniqlanishicha, yuqoridagi insonlardan faqat bittasigina to’g’ri javob bergan. Qolgan beshtasi esa bir to’g’ri va bir noto’g’ri javoblarni berishgan. Shu ma’lumotlarga asoslanib, mashina markasi va rangini, nomerga ega bo’lgani yoki yo’q, uning tezligi katta edimi yoki past edimi, chiroqlari yoniq yoki o’chiq edimi, rulda kim bo’lganini aniqlab bering.

Javob:

Bu mashina ko’k rangli, nomer ega bo’lgan Neksiya edi. Rulda ayol kishi bo’lgan, mashinaning chiroqlari o’chiq edi va katta tezlikda harakatlanayotgan edi.

Birinchi navbatda militsiyaning gaplariga e’tibor qarating. U mashina katta tezikda harakatlanayotganini ko’rgan. Shundan kelib chiqqan holda, mashina tezligi past degan javob no’to’g’ri va shu tariqa boshqa javoblarni topamiz.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social