Koreya Telekom MTS o`rnini egallashi mumkin

Koreya Telekom MTS o`rnini egallashi mumkin

O`tgan xafta «O`zdunrobita» MChJ XK («MTS-O`zbekiston») kreditorlari qo`mitasi yig`ilishi kompaniya mulkini auktsion savdolariga qo`yish to`g`risida qaror qabul qilgan edi. Unga ko`ra kompaniya mulkining boshlang`ich bahosi 600 milliard so`m etib belgilangan. Auktsion savdolari esa 1 iyul`, dushanba kuni bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

“Darakchi.uz”  saytining xabar berishicha ushbu auksion savdolarda uchta yirik xaridor kompaniyalarning ishtirok etishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqatilgan. Ulardan biri sifatida Janubiy Koreyaning KT Corporation (Korea Telecom) kompaniyasi tilga olingan. Aynan mazkur korporatsiyaning “MTS-O`zbekiston” mulkini xarid qilishga ishtiyoqi va xarakatlari ancha faol ekani qayd etilgan.

KT Janubiy Koreyada simli va simsiz telekommunikatsiya xizmatlarini ko`rsatuvchi yirik korporatsiyadir. Aloqa va axborot texnologiyalari soxasida faoliyat olib boruvchi mazkur kompaniya ko`p qirrali telefoniya bo`yicha etakchi va mamlakatning ikkinchi uyali operatori hisoblanadi. 2009 yilning 1 iyun kuni  o`zining mobil xizmat ko`rsatuvchi KTF sho“ba korxonasi bilan o`zaro birlashgan KT uyali aloqa bozorida ham etakchi bo`lish niyati borligini ko`rsatdi, deyish mumkin. Chet el bozoriga chiqish uchun hozirda mazkur birlashgan kompaniya simsiz texnologiyani rivojlantirish bo`yicha katta izlanishlar olib bormoqda. Bunga WiMAX va boshqa simsiz aloqa texnologiyalarini misol keltirish mumkin.

Hozircha “O`zdunrobita” MChJ mulkini aynan qaysi korxona sotib olishi noma`lum, qolaversa mijozlar uchun buning unchalik qizig`i ham yo`q. Ular uchun eng muhimi sifatli va ishonchli aloqa xizmatidan foydalanish. Zero, “MTS O`Zbekiston”ning sobiq mijozlari bugungi kunda hamon boshqa operatolarning xizmatidan qoniqishmayotgani bor gap.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    Yaxshi bo’lardi. Ato UCELL va Beelaene to’rmoz bo’byotibdi.

  2. Номаълум

    Xa tezro ishlasha hammaga yahshi bo’lardi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social