Kun videosi: tovushni qum va suv orqali ko`rsatish

Kun videosi: tovushni qum va suv orqali ko`rsatish

N`yu-yorklik rejissyor Shaxir Daud (Shahir Daud) musiqachi Nigel` Stenford (Nigel Stanford) uchun klip suratga olgan va ushbu klipda ular tovushni qum, suv, plazma va ferromagnit deb nomlanuvchi suyuq modda orqali ko`rsatishdi.

Stenfordning aytishicha, klip g`oyasi unga 1999-yilda tug`ilgan va usha vaqtda u sinesteziya haqida bilib olgan (hamda musiqani ranglar orqali sezish). 2003-yilda esa u klimatika haqida o`rgangan edi, bu fan tovush va vibratsiyani o`rganadi. 10 yildan so`ng u Daud yoniga keldi va har xil fizik va klimatik eksperimentlar orqali video klip yaratishni taklif berdi.

Masalan, videoda Xladni plastinalar, ferromagnit suyuqligi, plazmali shar, Rubens trubkasi va Tesla g`altagi paydo bo`ladi. Musiqachining ta`kidlashicha, klipning eng qiziqarli joyi video olingandan va montaj qilingandan so`ngina trek yozilganidir.

Klipni suratga olish ishlari 2013-yilning ohirida boshlangan edi. Stenfordning aytishicha, hamma eksperimentlar ko`ngildagidek o`tmagan. Masalan, Xladni plastinasida shakl paydo bo`lishi uchun, uni aniq balans qilib va kichik qum xajmini ishlatish kerak edi.

Hullas, o`zingiz shu jarayonni video orqali kuzatishingiz mumkin.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. name

    Dahshatuuu

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social