LG «aqlli» maishiy texnika sotishni boshladi (+video )

LG «aqlli» maishiy texnika sotishni boshladi (+video )

LG Koreya bozorida o`zining «aqlli» maishiy texnikasini sotuvga chiqarishi haqida xabar berdi. Yaqin kunlarda kamerali muzlatgich, Wi-Fi li mikroto`lqin pechkasi va «aqlli» kir yuvish mashinasi sotuvga chiqishi kutilmoqda. Bu maishiy texnika bilan Line messendjeri orqali “xabar” almashish imkoni ham mavjud.

Yangi maishiy texnika LG HomeChat ekotizimiga kiradi. Kompaniya vakillarining xabar berishicha, bunday maishiy texnika egalari bozorlik qilishda ro`yxat tuzish uchun o`z muzlatkichidan ichidagi tarkibini rasmga tushirib, uni Line messendjeri orqali jo`natishini; kir yuvish mashinasiga esa uy egasi ishdan kelgunga qadar kir yuvishni tugatish buyrug`ini berishi; yoki mikroto`lqinli pechkadan mavjud mahsulotlardan qanday taom

qilish mumkinligini (retseptini) so`rashi imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.
LG HomeChat barcha maishiy texnikasi inson tabiiy tilini tushunadi. Ular bilan xabar almashishda 40 ta stikerlarni ishlatsa bo`ladi. Barcha maishiy texnikasida 3ta avtonom rejim mavjud: “xo`jayin ta`tilda”, “xo`jayin qachon uyga qaytadi” va “xo`jayin uzoq muddatga ketgan”. Foydalanuvchining buyruqlaridan tashqari LG maishiy texnikasi o`zi avtomat tarzda kir yuvish, mahsulotlarni saqlash va ovqatlarni tayyorlash rejimlarini tanlashi mumkin.

LG o`z qurilmalarini va HomeChat tizimini 2014 yili yanvar` oyida (IFA) Halqaro foydalanuvchilar elektronika ko`rgazmasida taqdim etdi. «Aqlli» maishiy texnikasining narhi haqida hozircha ma`lumot yo`q.

Video:

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Komil

    Umuman gap bo’lishi mumkin emas, uyda xotinga umuman ish qomidi endi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social