LG dunyodagi eng katta reklamani o`rnatdi

LG dunyodagi eng katta reklamani o`rnatdi

Janubiy Koreyaning gigant LG kompaniyasi dunyodagi eng katta reklamani o`rnatdi. Bundan ko`rish mumkinki, LG , unga o`xshagan juda yirik kompaniyalarning etakchi o`rinda turmaganiga, o`z ishlab chiqaradigan mollariga qimmat reklamaga katta mablag` sarflashdan boshqa chora ko`rmadi.

Shunday qilib dunyoda eng katta reklama inshoati paydo bo`ldi va u Ginnes rekordlar kitob komissiyasi orqali tasdiq oldi. LG yangi flagman smartfoni LG G3 ni reklama qilish uchun juda katta o`lchamni tayyorladi. Hamda mazkur reklama inshoati Saudiya Arabiston poytaxti Er-Riyad shaxrining aeroporti “Qirol Xalid”  yaqinida o`rnatildi.

Shuningdek, har yili ushbu aeroport 20 millionga yaqin kishini o`tkazadi va ularning ko`pchiligi LG G3 smartfonining asosiy talabkorlari deb hisoblanadi.

Reklama inshoatining kengligi 250 metr, balandligi 12 metr, og`irligi 1800 tonnadir. LG kompaniyasining ishonishicha, ushbu inshoat yiliga 25 million dollargacha daromad olib keladi. Balki shunday ham bo`lishi mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social