Mantiqiy jumboq: qaerdan ortiqcha 1 dollar chiqib qoldi?

Mantiqiy jumboq: qaerdan ortiqcha 1 dollar chiqib qoldi?

Mantiqiy savollar, bu aqlni mashq qilish yo`li hisoblanadi. Quyidagi oddiy ko`rinishga ega bo`lgan mantiqiy jumboqni topishga harakat qilib ko`ring.

Siz ota va onangizdan (har biridan) 25 dollar qarz oldingiz. Jami 50 dollar.

Do`konga borib 45 dollar ishlatasiz. Uyga qaytayotganingizda do`stingizga 3 dollar qarz berdingiz va sizda 2 dollar qoladi. Uyga kelib ota va onangizga 1 dollardan qarzni qaytardingiz.

Endi siz ularga 24 dollardan qarzdor bo`lib qoldingiz.

Natijada: 24 + 24 = 48. Do`stingiz sizga 3 dollar qaytarishi kerak. Natijada 51 dollar chiqadi.

Savol: Agarda sizda 50 dollar bo`lgan bo`lsa, qaerdan 1 dollar chiqib qoldi?

Javob:

Bu oddiy mantiqiy tuzoq. Siz 48 dollar qarzdorsiz, 3 dollar esa sizga qarz bo`lishgan. Natijada 45 dollarlik qarz o`zgarmaydi. 3 dollarni qarzga qo`shish kerak emas, balki ajratish kerak.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gulli

    Qiziq

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social