Marsga faqat bir taraf uchun chipta!

Marsga faqat bir taraf uchun chipta!

Marsga birinchi odamlarni 2023 yilda tushirib yuboradilar, ammo ular qayta olmaydilar.

Amerikaning Curiosity marsoxodi avtomatik tarzda qizil sayyorani o`rganib yurgan bir vaqtda, Niderlandiyada istovchilarni Marsga jo`natish uchun tayyorlashmoqda.

Mars One loyihasi Marsga yo`lanmani istagan xoxlovchiga taklif etadi. Lekin loyxaning rahbarlari ushbu yo`llanmani faqat bir taraf uchun ekaligini ham aytishmoqda.

Loyiha asoschilari aytishicha, odamlar bu yoqda tursin, hali unchallik katta bo`lmagan tadqiqot zondini qayta erga olib kelish, hozirgi kundagi fan va texnikaning kuchi etmasligini aytishmoqda.

Mars One loyihasi rahbari Bas Lansdorp aytishicha, to`rtta kishidan iborat bo`lgan raketa Erdan Marsga 2023 yil jo`natiladi. Oldin esa 2016 va 2022 yillari Mars sayyorasiga oziq-ovqat, suv va xavo zaxiralari jo`natiladi.

Sayyoraning yuzida bo`lgan odamlar ilmiy tadqiqot va Marsda hayot uchun muhim bo`lgan omillar qidirilishidan boshlanishi kutilmoqda.

Ekspertlar aytishiga karaganda, ushbu topshiriqda kosmanavtlar ko`p qiyinchiliklarga duch kelishi tahmin qilinmoqda. Masalan, Marsning yuzasida bo`lgan suvdan kislorod topish, ammo xozircha suv joylari xale topilmagan.

Undan tashqari Marsda esadigan kuchli shamollar apparatlarni bir biridan uzoqga olib tashlashi mumkin, kosmonavtlarni piyoda o`zining bazasiga etib borilishi ham juda ko`p qiyinchiliklar tug`dirishi mumkin.

Uchish uchun mablag` oynaijahonda ko`rsatiladigan realiti-shou orqali qoplanishi kutilmoqda.

“Marsonavtlarning” xatti-xarakatlarini va hayotini kuzatilishi ko`plarni jalb etishi mumkin, lekin ularning qiyinchilikga duch kela boshlaganida, bu ko`rsatuvni oynaijahon orqali uzatilishi man etilishi mumkin.

Xalqaro texnik universitetining professori Kris Uelch ning aytib o`tishicha -“Ushbu missiyaning muvofaqiyat texnik nuqtai nazardan qaraganda 50-50”.

Bilmadik, kim ham bunday loyihadan qatnashish istagini bildirishi mumkin. Balkim bunday odamlar ham topilib qolar, buni esa vaqt ko`rsatadi.

Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ара

    манимча бунга хечким рози бумайди, рози бусаям хечкими йук, буйдок, ёки хаётдан хафа буган инсонларгина рози булиши мумкин

  2. rovshan

    vo xudo kim uchar ekan Marsga?

  3. nodir

    yana kimdir uchmoqchimi???

  4. Нигора

    Жуда киззик, майли марсда хаёт учун керакли булган нарсаларни топдихам дейлик, бундан нима фойда экан?

  5. nodir

    keyin esa xamma sekin-sekin Marsda erni sotib olishni boshlaydida

  6. bigiboom

    bu amerakaliklarni yana bir axmoqona orzusi.avval ham ular oyni uzlariga qus hib olib bir shtat sifatida ochmoqchi edi.endi navbat marsga.ular bu odamlar uzoq muddatli qamoq jazosini utayotgan yoki xafli sanalgan odamlarni.marsga yubarishadi.buning 50.50 ekaninig sababi davlat bu borada juda katta sarmoya kirgizmaydi.ikkinchidan mars sayyorasi bu faqatgina bir sinovchi sayyora sababi u yerda doimiy turish xavfli va quyosh unga yaqin joylashgan.ular 5 yoki 6 chi sayyoralarga insonni haqiqiy sarmoya va qiziqish bilan yubarashida.ashnaqaaaa

  7. Номаълум

    daxshat-qorqinchli

  8. rrr

    endi odamlarga Erda joy kam buldi,nima diysiz?

  9. Хошим

    Муаллиф: bigiboomга. Дустим сиз мана америкалилани барча сохасиди ютукларни ёмонлавоссиз. Узизчи узиз нима килиб куйибсиз. А? Сиз юртиз учун нималар килиб куйдиз канака фойдали ютуклага эришдиз? Одамлани ёмонлашши урнига узизга бир киё бокмисизми урто. Дунёни узгартиромкчи бусез узиздан бошлен.

  10. Nigora 1998

    Mana hoz 2023 hechkim bormadiyam marsga

  11. Тимур

    2023 йил энди бошланди ку, катга шошилвос)))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social