Mashhur basketbolchi Maykl Jordan bo`ydoqlikka chek qo`ydi

50 yoshli Maykl Jordan kelib chiqishi kubalik bo`lgan 35 yoshli Ivett Prietonining muhabbatini qozondi va munosabatlarini rasmiylashtirdi.
Ikki “yosh” bir necha yillarda beri uchrashib yurishgan, lekin nikohdan o`tishga kelganda hech qaysi bir taraf aniq bir taklifni o`rtaga tashlashga jur`at qilisha olmayotgan edilar. Juftlikning do`stlari kelin-kuyovlar to`yga ancha tayyorgarlik ko`rishgani va kuyov to`ra kelinposhshaning barcha istaklarini inobatga olganligini ta`kidlashmoqda.
Nikohdan o`tish marosimi 28 aprel` kuni AQShning Florida shtatida, Maykl Jordanning o`yidan uncha uzoq bo`lmagan ibodat xonada bo`lib o`tdi. Marosimga 300 kishi taklif etilgan. Kelin-kuyovlarni tabriklash uchun qator taniqli yulduzlar, jumladan mashhur gol`fchi 14 karra chempion Tayger Vuds ham tashrif buyurgan.
Biroq to`yga taklif etilganlardan sovg`aning o`rniga Jeyms Jordan xayriya jamg`armasi hisobiga pul o`tkazish iltimos qilindi. Basketbolchining otasi nomi bilan ataladigan ushbu jamg`armani hozirda uning onasi boshqarib kelmoqda.
Eslatib o`tamiz, Jordan Milliy basketbol ligasidagi 19 yillik faoliyati mobaynida bir qator jamoaviy va shaxsiy mukofotlarni qo`lga kiritgan. Ajayib sakrashlari bilan yodda qolgan Jordanni muxlislar “Janob Havo” deb chaqirishardi. U basketboldagi faoliyatini 2003 yilda “Vashington Uizards” klubida yakunlagan, hozirda esa “Sharlott Bobkets” jamoasining egasi hisoblanadi.
Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    nerealniy narsa, bulani buylariga qarang – sohibjamol qizni tanlovi shunday busa, ishonish qiyin

  2. a

    олдинлари “севги ёш танламайди” дейишарди, энди эса – “севги буй танламайди”

  3. Lochin

    agar silladayam shuncha boylik buganida, manimcha silladayam shunday sohibjamol qizlariz bulardi, birovlani yutug’idan (baxtidan) hursand bulish kere kishi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social