Matematik usul

Matematik usul

Ilmiy va qiziqarli jumboqlar doimo antiqa va kulgili bo`ladi. Ba`zida javobni topish uchun nafaqat bilim kerak bo`ladi balki yana nostandard fikrlash va tez o`ylash ham kerak.

Uch matematik olimlar va uch fizik olimlar boshqa shaharga anjumanga poezdda borishmoqchilar. Ular vokzalda kassa yonida uchrashadilar. Birinchi navbat fizik olimlarga keldi, hamma insonlarga o`xshab ular har biriga chipta oldilar. Matematik olimlari esa hamma uchun bitta chipta sotib olishdi.

Fizik olimlar hayratda: “Bu qanday bo`lishi mumkin? Poezdda nazoratchi borku, chiptasiz sizlarni poezddan tushirib yuborishadi”. Matematik olimlar esa shunday javob berishdi: “Bizda bir usul bor”.

Poezd ketishidan oldin fizik olimlar o`z joylarini egallashadi, ammo sirli “usulni” kuzatib turishadi. Matematik olimlarning barchasi hojatxonaga kirishadi. Nazoratchi hojatxonaga borganda eshik taqillatadi, eshik ozgina ochilib, chipta uzatiladi. Nazoratchi chiptani oladi va hamma muammosiz etib boradi.

Anjumandan so`ng ular hammasi yana vokzalda uchrashadilar. Fizik olimlar matematik usuldan ruhlanib bitta chipta olishadi. Matematik olimlar esa butunlay chipta olishmaydil. Fiziklar yana hayratda: “Nazoratchiga nima ko`rsatasizlar?”. Matematiklar yana: “Bizda bir usul bor”.

Poezdda fizik olimlar bir hojatxonaga kirishadi, matematik olimlar esa boshqasiga. Ketishdan oldin bir matematik olim fizik olimlar berkingan hojatxonaga boradi. Eshikni taqillatadi. Eshik ozgina ochilib, chipta chiqadi. Matematik olim chiptani olib va o`z hamkasblari yoniga qaytadi.

Hulosa: Matematik usullarni bilmasdan, ularni ishlatish mumkin emas!

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    ajoyib

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social