Microsoft Windows 10 ni taqdim etdi

Microsoft Windows 10 ni taqdim etdi

Microsoft korporatsiyasi o`zining yangi operatsion tizimini taqdim etdi. Yangi operatsion tizimi Windows 10 deb nomlanadi. Taqdimot San-Frantsiskoda yopiq marosimda bo`lib o`tdi.

Microsoft o`zining oldingi Windows 8 operatsion tizimidan keyin bir sonini o`tkazib yubordi va o`zining navbatdagi katta operatsion tizimiga Windows 10 deb nom berdi. Korporatsiya vakillarining aytishicha navbatdagi operatsion tizmni «to`qqiz» deb atash noto`g`ri bo`lardi – sababi ushbu tizimda juda ko`p yaniliklar bor.

Yangi operatsion tizim desktoplarda, planshetlarda va smartfonlarda ishlaydi. Windows 10 da eng ko`rinarli o`zgarish bu menyu «Pusk» ning to`liq qaytishidir. «Pusk» menyu yangilangan qidiruv funktsiyasiga ega bo`ldi – foydalanuvchi endi komp`yuterdagi kerak bo`lgan fayl yoki ilovani qidirishi mumkin bo`ladi, qolaversa, bundan tashqari internetda qidiruvni amalga oshirsa bo`ladi.

Yana bitta kerakli bo`lgan tizimning funktsiyalaridan biri bu ko`p vazifalik – Windows 10 da foydalanuvchilar bir nechta xar xil ish stolini yaratishi mumkin bo`ladi (masalan, ish uchun alohida va uy uchun alohida), ulardan bir-biriga o`tish uchun esa foydalanuvchi yangi Task View funktsiyasi orqali amalga oshiradi.

Yangilangan Windows versiyasini barcha xohlavchilar bugun 1 oktyabr` kuni sinab ko`rishlari mumkin. Siz Windows 10 texnik versiyasini yuklab, keyinchalik navbatdagi chiqadigan yangiliklarni yuqlab olsangiz bo`ladi. Qolaversa, siz o`z fikr va takliflaringiz bilan Microsoft injenerlari bilan bo`lishishingiz mumkin.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. hi tech

    pusk qaytgani yaxshi bo’ldi ancha o’rganib qogandu

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social