Mobil telefonlarga yangi qoydalar!

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi qarori bilan O`zbekiston ta`lim muassasalarida mobiltelefonlardan foydalanish tartibga solindi.

Hujjatda qaysi idoraga bo`ysunishidan qat`iy nazar umumiy o`rta, o`rtamaxsus, kasb-hunar va oliy ta`lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to`g`risidagi Nizom tasdiqlandi.

Tartibga ko`ra ta`lim muassasasiga kirganda har bir o`quvchi, xodim, mehmon va boshqa shaxslar o`z telefonining abonentni chaqirish ovozini to`liq o`chirib qo`yishga (“ovozsiz” rejimga o`tkazishga) majbur.

O`quvchilarga quyidagilar qat`iy taqiqlanadi:

– telefonni bo`yinga osib qo`yish, ko`krak, shim, yubka cho`ntaklarida olibyurish;
– telefonni zaryadlash uchun ta`lim muassasasining elektr tarmoqlariga ulash;
– telefon yordamida atrofdagilarga zo`ravonlik, shafqatsizlik va pornografiyani targ`ib      qiluvchi video va fotosuratlarni namoyish etish;
– ta`lim muassasasining imijiga zarar etkazish, shujmladan atrofdagilarga zo`ravonlik va vandalizm sahnalarini suratga olish va keyin ularni ko`rsatish orqali ham.

O`quv mashg`ulotlari davomida quyidagilar qat`iy taqiqlanadi:

– telefonda gapirish va SMS (MMS) hamda boshqa turdagi xabarlarni jo`natish.
– telefonni stol ustiga qo`yish;
– musiqa tinglash, shu jumladan naushniklar orqali ham;
– telefondan foto va videoni ko`rish (o`yin o`ynash, tasvirlarni tomosha qilish (matn, suratlar, videoyozuv, fotosuratlar)), diktofon, kal`kulyator, taqvim, bloknot, yozuv daftarchasi va boshqa rejimlarda foydalanish;
– suratga olish va videoga tushirish;
– boshqa telefon xizmatlaridan foydalanish (GPRS, Bluetooth, Internet va boshqa).

Talablar buzilganida, ta`lim muassasasining har qanday pedagogik xodimi o`quvchidan telefonni olib qo`yish, Nizom buzilganligi fakti haqida yozma dokladni rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta`lim muassasaining direktoriga (dekaniga) yoki direktor (dekan) muoviniga keyinchalik uni qoida buzarlik fakti haqidagi ogohlantiruv bilan birga ota-onasiga (ularning o`rnini bosuvchi kishilarga, OO`Yuda – kuratorga) berish huquqiga ega.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Asal

    juda yaxshi bo’bti, buni allaqachon qilishlari kere edi. Ishqilib bu nizomning joylarda bajarilishi haqiqiy bo’sin

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social