m.odnoklassniki.ru

O`zbek Internet foydalanuvchilari orasida eng ommabop bo`lgan Odnoklassniki ijtimoiy tarmog`ining o`zbek tilidagi versiyasi chiqmoqda. Bu esa Odnoklassniki saytida ikki milliondan oshgan o`zbek foydalanuvchilari uchun ancha muncha qulaylik yaratadi.

Ayni damda odnoklassniki.ru sayti beraëtgan rasmiy raqamlarga qarasak, odnoklassniki saytida 2,5 milliondan ko`proq o`zbekistonlik foydalanuvchi ro`yxatdan o`tgan. Shu bilan birga odnoklassniki.ru vakili qilgan chiqishida bir oyda O`zbekistondan kiradigan faol foydalanuvchilarning soni 2 milliondan ziëd deb aytdi.

Hozir Jahon virtual dunyosida o`nlab ijtimoiy tarmoqlar mavjud. Ulardan eng ommaboplari Facebook, LiveJournal, Twitter kabilardir. Rus tilida chiqadiganlari orasida Odnoklassniki.rudan tashqari Vkontakte, Moy mir, Mail.ru kabilar ham ancha mashhur.

Masalan, Facebook tarmog`ining dunyodagi foydalanuvchilari soni qariyb bir milliardga etgan. O`zbekistonlik “Facebookchilar” soni esa 130 mingga ham etmaydi. 8 milliondan oshiq o`zbek Internet foydalanuvchilari orasida eng ommabop ijtimoiy tarmoq Odnoklassniki.ru sayti bo`lib qolmoqda.

O`zbekistonda, rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, Internet foydalanuvchilari soni 8 milliondan oshgan, ularning yarmidan ko`prog`i aynan mobil telefonlar orqali jahon tarmog`iga kirishadi.

Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog`i Rossiyaning Mail.Ru Group media shirkatiga qarashlidir. O`z vaqtida Mail.Ru Group Moy mir tarmog`iga ham egalik qiladi.

Hozirda Odnoklassniki.ru saytida ro`yxatdan o`tganlar soni 80 millionga yaqinlashgani aytiladi. Shulardan ikki yarim millioni o`zbekistonliklardir.

Shuningdek, keyingi bir-ikki yil ichida ro`yxatdan o`tayotgan yangi foydalanuvchilar bo`yicha Odnoklassniki.ru birinchilikni Vkontekte tarmog`iga boy berdi. Hozirda Vkontekte mushtariylari soni 100 million kishidan oshgan.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. nilyufar

    wow yaxshiku odnoklassniklarni uzbek tiliga qilishadi

  2. nodir

    eee kerakmas edi, shundoq xam yaxshiku rus tilda, uzbek tilda uxshamaydi tarjimnasi!

  3. umid

    zor ekan

  4. Номаълум

    yaxshi qilishibti,kanaka bular ekan uzbek tilda odnoklssniki.

  5. jam

    гап йук

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social