MTS yana 3 oy ishlamaydi

2012 yilning 30 iyulidaToshkent shahar xo`jalik sudi “MTS-O`zbekiston” mobil aloqa operatorining litsenziyasini to`xtatish muddatini yana 3 oyga cho`zish to`g`risida qaror qabul qildi.

Qaror “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalashtirish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining  22-moddasiga binoan, shuningdek 2000 yil 22 noyabr da Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 458-sonli qarori bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalashtirish to`g`risidagi nizomning 45-bandiga muvofiq litsenziat tomonidan aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo`yicha litsenziya beruvchi organning qarorlarini bajarmaganlik uchun qabul qilindi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining 2012 yil 17 iyuldagi №19-L sonli buyrug`i bilan MChJ shaklidagi “O‘ZDUNROBITA” XKning 28.07.2004 yili berilgan AA №0000682 seriyasidagi litsenziyasi 10 ish kuniga to`xtatilgandi.

Qayd etib o`tamiz, “O’ZDUNROBITA” XK 2012 yilning  18 va 24 iyulida O`zAAAni buyruqda ko`rsatilgan qonunbuzarliklar bartaraf etilgani haqida yozma shaklda xabardor qilib, tarmoq faoliyatini tiklash maqsadida 28.07.2004 yilda berilgan AA №0000682 seriyasidagi litsenziya faoliyatini tiklash to`g`risida qaror qabul qilishni so`rab, murojaat qilgandi.

Keyingi monitoring jarayonida kompaniya tomonidan O`zAAA buyrug`ida ko`rsatilgan Toshkent shahri va Toshkentviloyatidagi uchta radioreleliniyasi oralig`ining noqonuniy faoliyati deyarli to`xtatilmaganligi aniqlandi.

Aniqlangan faktlar kompaniya tomonidan DAI ko`rsatmalari va O`zAAA buyrug`ini pisand qilmaslikdan dalolat beradi. Bu holatning 46-bandiga ko`ra litsenziat tomonidan litsenziya faoliyatini to`xtatishga olib kelgan harakatlarning bartaraf etilmasligi sifatida kvalifikatsiya qilinadi.

Shu munosabat bilan mazkur litsenziya faoliyatini to`xtatish muddatini 3 oyga cho`zishga qaror qilindi.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. umid

    kimdir xale mts qaytishini kutib utiribti

  2. Номаълум

    endi ucell va beeline antesa zor buldiyu, lekin internet sekinlashdi!

  3. jalol

    mts yana qaytib xammaga kursatadi!

  4. Номаълум

    qiziq 3 oydan keyin nima buladi,balki 1 yilga yopishadi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social