“MTS-O`zbekiston” Toshkent shahar xo`jalik sudiga bankrot bo`lgani to`g`risida ariza berdi

“MTS-O`zbekiston” Toshkent shahar xo`jalik sudiga bankrot bo`lgani to`g`risida ariza berdi

Rossiyaning MTS uyali telefon opertori xabariga ko`ra, unga qarashli bo`lgan «O`zdunrobita» XK MChJ Toshkent shahar xo`jalik sudiga bankrot bo`lgani to`g`risida ariza bergan.

Bunga sabab, Toshkent shahar sudining  2012 yil 17 sentyabrda «O`zdunrobita» MChJning jinoyat ishlari bo`yicha chiqargan hukmi va sudning Apellyatsiya kengashi tomonidan 2012 yil 8 noyabrda belgilangan  600 mln. dollar miqdoridagi jarimani to`lashga qodir emasligi sabab bo`lgan.

MTS matbuot xizmati tarqatgan xabariga ko`ra, kuchga kirgan sud qaroriga muvofiq, hozirga qadar «O`zdunrobita» hisobida qolgan 150 mln. dollarga teng pul mablag`larining hammasi echib olingan, deb yozadi “Gazeta.uz”

«O`zdunrobita» O`zbekiston qonunchiligi doirasida o`z manfaatlarini himoya qilishda  davom etadi. Bundan bir kun avval Rossiya tashqi ishlar vazirligida O`zbekiston elchisi bilan aynan “MTS-O`zbekiston” masalasida uchrashuv bo`lib o`tgan.

Dushanba kuni esa “O`zdunrobita” menejerlaridan biri kompaniya xodimlarini ishdan bo`shatish boshlangani haqida ma`lumot bergandi. Uning so`zlariga ko`ra jami 200dan ziyod xodimlarga ishdan bo`shash haqida ogohlantirish berilgan.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    энди мтс ишламасаям керак! Ахволи чатоқку….

  2. DJ

    xa xa xa uxladi endi MTS! UCEL – 4ever!

  3. блэйд

    блин, мтс учганига алока вуощем кимматлаб кетяпти, юсел билан билайн вобще узидан кетиб ковотти

  4. Hurshid

    MTS si tuxumi poloq chiqibdi, ucell buni bilib, beelinni ketidan yurishshi ma’qul ko’rdi, bu qogan o’zboshimcha operatorlani endi faqat uzmobile boblab dodini beraoladi

  5. Номаълум

    Perfektumga ulanila. Puli qimmatroqku zato aloqa doda. Tinniq svyaz.

  6. stalker

    xa mts ishlari chato buldi! lekin uje xamma urganib ketdi mts yoqligiga

  7. Номаълум

    umuman mtsmi, belaenmi eng yaxshisi damashni telefon. :))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social