Nonushtaga muzqaymoq sizni aqlliroq qiladi!

Nonushtaga muzqaymoq sizni aqlliroq qiladi!

Olimlar shu yilda ko’plab “zararli” oziq-ovqatlarni, ya’ni shokolad, pishloq, spagettilarni oqlab chiqishdi. Qo’shimcha tarzda, bu safar Yaponiyalik tadqiqotchi nonushtaga muzqaymoq iste’mol qilish, miya ishini yaxshilatishi haqida aytib o’tdi.

Ushbu qiziqarli tadqiqotni o’tkazish uchun professor Yoshihiko Koga Tokiyoning Kyorin universitetidan va uning kasbdoshlaridan ikki guruhni tanlab oldi. Birinchi guruh nonushtaga muzqaymoq yeyishlari kerak edi, ikkinchi guruh esa oddiy nonushta qilishdi.

Nonushtadan so’ng ikkita guruhga zakovat va reaksiya tezligini kompyuter testlaridan o’tishdi. Test natijasi shuni ko’rsatdiki, muzqaymoq iste’mol qilgan insonlar yangi ma’lumotni osonlik bilan qabul qilishdi, hamda tezroq harakatlanishdi va e’tiborli bo’lishdi.

45

Professor Koga miya elektr harakatini o’rganib chiqib, muzqaymoq iste’mol qilganlar boshqalardan yuqori amplitudali alfa to’lqinlari bilan farq qilishini aniqladi. Ushbu to’lqinlar turi inson asabiylashishini kamaytiradi, e’tiborinini oshiradi va zakovatli qiladi.

Professor Koga o’z tadqiqotlarini davom ettirmoqchi va miya ishini yaxshilaydigan muzlagan desert qismlarini topish niyatida. Keyinchalik esa “nonushta uchun mukammal muzqaymoq” yaratish rejasi ham bor.

Manba: Adme

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Akbar

    Lekin sovuda ertalabdan muzqaymoq yeyish juda qiyin de… Shunga sal qiyin bo’ladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social