N`yu-yorkda kattalar uchun bog`cha ochildi

N`yu-yorkda kattalar uchun bog`cha ochildi

Yaqinda N`yu-yorkning Bruklin rayonida o`zgacha bog`cha ochildi. Unga kichkina bolalar emas, balki katta bo`lgan va jiddiy odamlar borishmoqda.

style=”text-align: justify;”>O`zgacha bog`cha asoschisining aytishicha, insonlar oz bo`lsa ham o`z ichidagi bolalikni chiqarish uchun kelishadi. Kimdir hayotga jiddiy qarashni xohlamaydi, kimdir yanada dadil bo`lmoqchi bo`ladi. Kimdir shunchaki qiziqarli vaqt o`tkazish uchun kelada.

Hozircha guruhda olti kishi, ularning orasida huquqshunos, dasturchi va yozuvchi ham bor. Darslar haftada bir marotaba o`tkaziladi, shu vaqtda “bolalar” o`ynashadi, rasm chizishadi, plastilindan narsalar yasashadi, qo`llanmalarni bajarishadi, ba`zida ekskursiyaga ham borishadi. “Bog`chada” an`anaviy tushlik va sokin vaqt ham mavjud, hamda ota-ona majlislar ham bo`lib, unga “bolalar” o`zlarining ikki tanishlarini olib kelishlari kerak bo`ladi.

Aytib o`tish joizki, “bog`cha” arzon turmaydi. Tarbiyalanuvchilarning moliyaviy imkoniyatlariga ko`ra ularga 333 dollardan 999 dollargacha bo`lgan miqdorda to`lashlari kerak bo`ladi.

Manba: Vesti.ru

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gulli

    Qiziq qiziq bu yerga qaysi odam boradi ekan

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social