N`yu-yorkdagi yangi World Trade Center

 

Xabaringiz bor 2001 yil sentyabr` oyida N`yu-yorkdagi yirik savdo markazi “egizaklar ” binosi teraktga uchrab xarobaga aylangan edi. Uning o`rniga yangi savdo markazi qurilib 2014 yili foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Yangi Xalqaro savdo markazining balandligi – 541 metrga teng bo`ldi, ya`ni 1776 fut.

 

Endilikda bu savdo markazi balandligi bo`yicha g`arbiy yarim sharda birinchi, dunyoda esa uchinchi o`rinni egallaydi.

 

World Trade Center ni yangidan 2006 yilda qurishni boshlagan. Balandligi bo`yicha bino endi Empire State Building dan ko`ra balandroq, 2014 yilda esa uning qurulishi to`liq tugatilishi mo`ljalanyapti. Arxitektorlar ushbu binoni Dunyodagi eng xavfsiz bino deb xisoblashmoqdalar: sababi bu binoning fundamentini temir o`zaklar bilan qotirib quyishgan, birinchi qavatlarida esa – oynalarsiz temirbetonli poydevor qilishgan.

 

Yaqinda bu yangi savdo markazi binosi ustiga 124 metrli shpil` o`rnatishdi. 758 – tonnali shpil` antenna vazifasini bajaradi. Uning ustiga esa projektor o`rnatiladi va uning yorug`ligi binodan ancha uzoqqa etib borishi kutilmoqda. Bino 2014 yilda ishga tushadi, unda amerika va xalkaro yangi kompaniyalar, xamda amerikaning boshqarmasi joylashadi.

 

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Lochin

    bu yangi bino oldingi bo’gan nufuzini qataraolarmikin???

  2. Номаълум

    nufuzini qatarishga qaytaradi, lekin usha terraktdan qogan jarohatlani yo’qataolmasligi aniq

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social