Oddiy test: ranglarning farqiga borish qobiliyati

Oddiy test: ranglarning farqiga borish qobiliyati

Bilasizmi, insonlarning 75% barcha ranglarning farqiga borisholmaydi?

Nima uchun shunday? Gap shundaki, ranglarning farqiga borish to`g`ridan-to`g`ri ko`zdagi to`r pardasidagi kolbalarning (fotoretseptor) soniga bog`liq.

Barcha ranglarning farqiga borish yoki farqlamaslikni oddiy test orqali bilish mumkin. Quyida berilgan suratdagi ranglarning va ularning turlarini hisoblab ko`ring. (yo`lakchalarni hisoblang).

Siz qancha ranglarni hisoblab ko`rdingiz?

1. 20 dan kamroq. Demak siz ikki xil yorug`sezuvchi kolbalarga egasiz. Siz er yuzining 25% insonlariga tegishlisiz, ularni “dixromat” deb atashadi. Aytgancha itlar ham dixromantdir.

2. 20-32 har xil yo`lakchalar. Bunda siz “trixromat” lar turiga kirasiz. Sizda uch xil kolbalar mavjud, siz nafaqat asosiy ranglarni balki ularning turlarini ham ko`rishingiz mumkin. Bu toyifaga er yuzining 50% aholisi kiradi.

3. 32-39 yo`lakchalar. Shunday bo`lsa, siz “tetraxromat” soniga tegishlisiz va ko`p ranglarni ko`ra olasiz. Ushbu qobiliyat bilan siz asalari bilan tengsiz, ular ham tetraxromatlar.

4. 39 dan ko`proq. Maslahatimiz, testdan takroran o`ting. Chunki rasmda jami 39 ranglar mavjud.
Ushbu maqola muallifi 36 rangli yo`lakchalarni hisoblagan, siz qanchasini ko`ryapsiz?

Manba: lifehacker.ru

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Miss

    25ta

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social