Olimlar erimaydigan muzqaymoqni ixtiro qilishdi

Olimlar erimaydigan muzqaymoqni ixtiro qilishdi

Yaponiya olimlari erimaydigan muzqaymoq qilish yo’lini topishdi. Ma’lumki, bu shirin turdagi taom tez eriydi. Shuning uchun muzqaymoqni tez yeyishadi.

Endilikda, Yaponiya olimlari kashfiyoti tufayli muzqaymoq o’z shaklini yo’qotishidan yoki erishidan qo’rqmaslik mumkin.

Buni kashf qilgan olimlar yaponiyalik oshpazga minnatdorlar. Mazkur oshpaz 2011-yildagi zilzila va tsunami tufayli o’z ko’rinishini yo’qotgan qulupnayni ishlatish yo’lini topdi. Natijada, bu mevani muzqaymoqqa qo’shganda u kuchli qotib qolar ekan.

Bu haqida bilib olgan Kanazawa universitetining olimlar bu hodisani o’rganishni boshladi va oxir-oqibat muzqaymoq qulupnayda topilgan polifenollar tufayli qotadi degan xulosaga kelishdi. Natijada, ular ekstraktni yaratishdi, elstrakt suvni yog’dan ajratishni kamaytiradi, bu esa muzqaymoqni tez erishining asosiy sababidir.

Bu ekstrakt yordamida muzqaymoq yaratildi va issiq havoda bir necha soat davomida o’z shaklini saqlab qoladi.

Hozircha erimaydigan ajoyib desertni faqat Yaponiyada xarid qilish mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social