Oyga internet kerakmi?!

Oyga internet kerakmi?!

NASA va Massachutes texnologiya institutining olimlari teleskop va Oy orbitasidagi sputnik o`rtasida aloqa kanalini o`rnatishdi.

Axborot almashuv kanali infraqizil impul`s tutamlari orqali paydo bo`lib, ma`lumot qabul qilish tezligi – 622 Mb/s ga teng. Bu esa Erdagi keng tarqalgan o`zatish kanallaridan ancha tez degani.

Ma`lumot uzatish tezligi faqatgina bir tomonlama amalga oshiriladi, ya`ni Oydan Ergacha. Ma`lumot uzatishning ikkinchi tomoni esa, Erdan Oygacha, ancha sekinroq bo`ladi – 19,44 Mb/s. Ushbu tezlik Janubiy Koreyaliklarni xayratda qoldirmasligi mumkin, lekin bir nechta rivojlangan davlatlardagi ma`lumot almashish magistrallaridagi tezlikdan ancha tezroq. Bu tezlik Oydan Ergacha bo`lgan masofa 384 400 km ekanligini hisobga olganda, ancha tez degani.

Er atmosferasidan signalni o`tkazish – juda murrakkab ish, shuning uchun olimlar to`rtda alohida teleskopdan foydalanishgan. Ular teleskopni N`yu-Meksikoda joylashtirishgan. Bu esa hech bo`lmaganda kamida bitta teleskopning signali sputnikgacha etib borish imkoniyatini oshiradi. Bunday chizma bir nechta antennali Wi-Fi marshrutizatorini eslatadi.

Hozirda ko`pchilikda bir savol paydo bo`lgan, nima uchun Oyda internet kerak bo`ladi, chunki u erda odam qadami oxirgi marta 1972 yilda bo`lgan. Balki endi vaziyat o`zgarishi mumkinmi?

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. lechhce

    balkim avatarlar uchun keredir

  2. жахонгир

    келажакка тайёргалик куряпти ))) келажакда биза Ойга яшаш учун кучиб утамизку smile

  3. Karim

    622mb/s bu skorst dahshatuu, UZBda bizga 1mb/s bo’sa shunga rosa hursandmiz)))

  4. юлдуз

    ха бизда 1mb/s ва хаттоки 4mb/s билан фарк килмиди, узим текширганман smile ачинарли холат (

  5. Komol

    avatarla oyda nima qiladi))

  6. Javox

    men eshitdimki yakinda odamlar Oyga sayohatga borishlari mumkin buladi! uzlarining Selfilarni erga junatish uchun internet kerak uU xa-xa-xa

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social