Oyoq kiyim do’konida sodir bo’lgan bir voqea!

Oyoq kiyim do’konida sodir bo’lgan bir voqea!

Ko’pgina insonlar do’konlarda bozor qilishni savdolashishsiz tasavvur qila olmaydilar. Bir Osiyolik inson AQSH do’koniga borib, o’ziga oyoq kiyim sotib olmoqchi bo’ldi va unga hatto savdolashish ham kerak bo’lmagan.

Voqea shunday sodir bo’lgan:

Qishda men xotinim bilan Amerika tog’-chang’i oyoq kiyimini sotib olishga bordik. Biz chang’ilarda uchishda mutaxassis bo’lmaganmiz, shuning uchun bizga oddiy oyoq kiyimi ham bo’laverar edi. Aniqroq qilib aytganda, arzon va yaxshisini olmoqchi edik. Xotinim bilan do’konga kirdik, sotuvchi bizga oyoq kiyimlarni ko’rsatib, dedi:

-Mana yaxshi botinka, bor yo’g’i 285 dollar turadi!

-Arzonrog’i yo’qmi? – deb so’radim

-Yo’q, bu eng yaxshi narx.

-Agarda men botinkani butun mavsumga ijaraga olsamchi?

-Demak $100 ijara bo’ladi va $30 depozit ya’ni siz yozda botinkani qaytarib olib kelasiz va biz sizga $30 ni qaytarib beramiz.

-Yaxshi. Agarda men bahorda ularni butunlay sotib olishga qaror qilsamchi?

-Unday bo’lsa, biz sizga depositni qaytarmaymiz va siz yana $20 botinka uchun qo’shib berasiz, chunki ular yangi bo’lmaydi.

-Siz buni tushunyapsizmi, siz hozirgina menga shu botinkani $150 sotib yubordingiz?

-Yo’q, botinka narxi $285 ku …

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Nozim

    Tushunmadim…

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social