O`zbekistonda Youface.uz

O`zbekistonda Youface.uz

O`zbekistonda Youface.uz ijtimoiy tarmog`i ishga tushurildi – http://www.youface.uz. Bu ishtimoiy tarmoq mashxur Facebook  ijtimoiy tarmog`iga juda ham o`xshab ketadi.

Yangi youface.uz tarmog`ining qo`shimcha xizmatlari, bosh saxifa va undagi imkoniyatlari, dizayn ko`rinishi Facebook.com ga o`xshaydi. Birinchi saxifada globus joylashgan va ushbu globusda yashil rang bilan O`zbekiston ajratib ko`rsatilgan va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning so`zlari joylashtirilgan: “Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lishlari shart!”.

Bazi bir ma`nbalarning xabar berishichi, sayt asoschisi Ayub Abdulloning so`zlariga qaraganda saytning birinchi ko`rinishi katta ijtimoiy tarmoq Facebook nikiga o`xshab ketadi, lekin bu faqat yangi foydalanuvchilar sonini ko`paytirish uchun. Ammo, qachonki saytda ko`p foydalanuvchilar bo`lganda, bu sayt o`zgartiriladi.

Bu yil 21 may kuni ishga tushurilgan Youface xozircha 300 foydalanuvchiga ega. Yangi loyixaning mualifi aytishlariga qaraganda Youface“bizning yoshlarimizda vatanparvar ruxini rivojlantirish” uchun yaratilgan. Yana qo`shimcha qilib aytib o`tdiki: bu ijtimoiy tarmoq O`zbekiston yoshlari orasida Internet mashhurligini ko`tarish uchun, ya`ni“Internetda ma`lumotlarni qidirib toipish kontseptsiyasi” uchun xizmat qiladi.

Eslatib o`tishimiz mumkinki, o`tgan yili avgust oyida o`zbek internet segmentida ijtimoiy tarmoq muloqot.uz ishga tushurilgan. Asoschilari o`zlarining loyixasini “VKontakte”, “Odnoklassniki” va Facebook ijtimoiy tarmoqlariga alternativa sifatida yaratishgandi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. fanat

    juda yaxshi, zo’r ish bo’bdi, a to facebookni g’irt turklar bosib ketgandi. kaerga karama turkcha yozuv, link va hakozo

  2. souja boy

    узбек тилда булса бу сайт бу жуда яхши,ва уйлиман бу сайт машхур булиб кетади бизда )

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social