PSY reper Djastin Biber rekordini yangiladi!

PSY reper Djastin Biber rekordini yangiladi!

Janubiy koreyalik PSY reperning Gangnam style qo`shig`iga olingan klip YouTube tarixidagi sayt foydalanuvchilar tomonidan eng ko`p ko`rilgan klip deb hisoblandi. Koreyalik reperning ushbu kursatgichi, kanadalik pop-ijrochisi Djastin Biber Baby qo`shig`iga olingan klip ko`rsatkichidan oshib ketdi.

Xuddi butun dunyo ushbu janubiy koreyalik PSY ijro etgan Gangnam style klip qo`shig`iga oshiq bo`lib qolishgan. Ayniqsa trekni o`smirlar ancha qizziqish bilan kurishmoqda. 34 yoshli Janubiy Koreyalik qo`shiqchi Pak Che Sanning klipi YouTube da sayt foydalanuvchilari tomonidan 805 milliondan ortiq tamosha qilingan. Ushbu ko`rsatkichda turgan 18 yoshli kanadalik ijrochi Djastin Biber o`zining klipi YouTube foydalanuvchilari tomonidan 803 million 732 ming 561 marta tamosha qilingan.

O`tgan oyda PSY “layk” hisobi bo`yicha o`zining barcha raqiblaridan o`tib ketgan, u 5 million 362 ming 374 ta “layk” olgan. Ushbu ko`rsatkich internetdagi foydalanuvchilar tomonidan eng ko`p yoqtirgan video deb Ginnes Rekordi kitobiga kirtildi.

Gangnam style klipi YouTube saytiga 133 kun oldin yuklangan. Ammo, bu unga mashxurlik buyicha 2,5 yil oldin YouTube ga joylashtirilgan Baby klipidan o`tib ketishiga xalaqit qilmadi. Gangnamstyle kuniga o`rtacha 6,1 million ta tamoshabinni yig`adi.

Seulning boy hududiga bag`ishlangan qo`shiq klipida PSY yorqin kiyimlarda, ko`proq otda yurishga o`xshab ketadigan noodatiy raqs harakatlarini namoyish etgan. Keyinchalik qator mashhur xonandalar, siyosatshunoslar va jamoat arboblari reper raqsidagi harakatlariga taqlid qilishdi.

PSY’ning kompozitsiyasi Europe Music Awards’ga yil klipi sifatida tan olindi.


Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. prince

    muzikasi zo’ru, lekin qo’shiq nima haqidaligini bilmasdan eshititsh g’alati ekan

  2. badboy

    qizziq, odamla bu klippi nimasini yoqtirib qolishgan, g’irt bir jinni-ku bu bola, shuyam qo’shiq bo’ldiyu ……

  3. erkatoy

    mana shunisi uchunam rekord o’rnatkande :)))! bo’masa shuncha odam youtubedan bekorga ko’rishadimi

  4. janob xech kim

    video yaxshi, menga yoqdi )))

  5. XxX

    e bolar nima xoxlisiz, bizning Bojalar undan qolmidi !

  6. Номаълум

    g’irt jinniku bu bola smile

  7. nargiz

    raqsi ajoyib ekan, menga yoqdi ))) yanada shunga uxshagan videolarni chikarsin!

  8. nortoy

    uzbekistonga kelsin shu raqs bilan smile ajoyib buladi )))

  9. uzbek

    XxX – bizzi bojalarku undan yaxshi albatta, ishqilib bojalarimiz mana shungayam taxlit qib chiqmasa yaxshiydi

  10. a

    клип галатию, лекин кизил иштондеи кичкина болани талантига койил, зур уйнаркан

  11. Номаълум

    qizlar xam klipda yomon uynashmidi smile

  12. Номаълум

    Klipda shu raqsni otni ustida etib tushganda uanada mashxurroq bo’larmidi????

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social