Qahraton sovuqlar endi qo`rqinchli emas

Finlyandiyalik ixtirochilar Yuuso Nissilya va Antii Aunio Valkee deb nomlanuvchi g`ayrioddiy gadjet (moslama) yaratishdi. Valkee gadjetining “noadatiy” deb nom olinishiga sabab shuki – bu gadjet, insonlarni qahraton qish mavsumida quyosh energiyasi tanqisligidan saqlar ekan.

Valkee gadjeti ko`rinishidan barchaga tanish bo`lgan MR3 pleerlariga o`xshaydi. Lekin MR3 pleerlaridagi odatiy naushniklardan farqi shuki, Valkee naushniklari uchiga maxsus lampa o`rnatilgan. Bu lampalar 12 – daqiqali “miya yoritishi” protsedurasi vaqtida, miya kletkalariga ta`sir etar ekan. Ya`ni, Valkee gadjeti inson quloqlari kanallari orqali miya kletkalarini maxsus yorug`lik orqali yoritadi.

1

Darhaqiqat, qishda insonlarga quyosh nuri etarli darajada etishmaydi. Ayniqsa bu shimoliy davlatlarda  yashovchilar uchun. Balki shu sabab ham bu gadjet aynan Finlyandiyada kashf etilgan.

Fiziolog Yuuso Nisilya o`z tadqiqotlarida qushlardan foydalangan. Yuuso Nisilya o`z tadqiqotlarida qushlarning miyasida yorug`lik ta`sir etuvchi va uyqu grafigini boshqarib turuvchi oqsil borligini aniqlagan. Shundan keyin Nisilya bu kabi modda odamlardayam bor yoki yo`qligini aniqlashga harakat qilgan. Shu vaqtlarda uning do`sti, Nokia kompaniyasi ishlab chiqaruvchi xodimi Anti Auino ishdan ta`til olib, uyida dam olayotgan edi. U uyidagi barcha chiroqlarni yoqib o`tirardi, va shu bilan u o`zidagi dipressiyani bosishga harakat qilardi. Shunda Nisila unga “Chiroqlarni uyida emas, balki miyasida yoqishi kerakligini” o`qtirgan. Bir necha xafta o`tgach esa, o`rtoqlar Auinoga depressiyani engib olishi uchun gadjet prototipini yaratishdi.

Yorug`lik miyadagi ayrim oqsillarni yanada kuchaytirishga yordam beradi. Qolaversa, bu yorug`lik miyada inson kayfiyati, uyqusi va uning tetik yurishi uchun javob beradigan serotonin, melanin va dofamin kabi moddalarini ishlab chiqarishga yordam berar ekan.

Valkee NPT 100 gadjeti allaqachon sotuvga chiqarilgan. Uning narxi 190 evro bo`lib, hozirgacha 25 000 ta donasi sotilgan.

Albatta, bu Valkee gadjetini oddiygina svetodiod deb qabul kilish mumkin. Lekin shunisi aniqki,  xali chiqqaniga aytarli darajada ko`p vaqt bo`lishiga qaramasdan 25 000 dona sotilgan va hatto Finnair  aviakompaniyasi Xel`sinki – Shanxay yo`nalishidagi mijozlariga ushbu gadjetdan foydalanish imkonini berar ekan.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. nodir

    batareyali mp3 smile zor uylab topishdiu )))

  2. madina

    xa inson uz qulaylik uchun nima xam uylab topmaydi

  3. a

    вой зерикканларе, нималани уйлаб топишмокда булар

  4. uzbek

    o’zimizzi ko’k cho’y bu kabi bemani yangi ixtirolardan har taraflama foydali, g’irt bemani narsalarni ixtiro qilishvotti, nima bo’pti? amish quyosh energiyasi etarli darajada emashmish, juda-juda kulgili

  5. Gol

    жудаям чиройли гап булди муаллиф – uzbek! шахсан ман кушиламан бу фикрга, албатта бора бора жуда ажойиб ва гаройиб янги ихтиролар гувохи булмокдамиз smile

  6. yulduz

    ya xochy sebe takoy ;( zimoy zato ochen ydobna bydit!

  7. khon

    ayniqsa hozirgi kunda kere bo’gan gadjet ekan, a to hamme qulolariga naushniklani ildirolib yurishgani yurishgan

  8. Номаълум

    уша такиб юрган наушник роса одам даккат эътиборини олар экан, йулдан утвоткандаям, автобусда кетвотгандами, кучада юргандами одам эътиборини роса чеклаб куяркан

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social