Qiziqarli: kofemashina kapuchino ko`pikida selfi chiqaradi

Qiziqarli: kofemashina kapuchino ko`pikida selfi chiqaradi

Yangi noyob texnoliniyani ya`ni kofe yuzida selfi suratlarni chiqarish kofemashinani isroillik  hi-tech dizaynerlari taklif qilishdi.

Yangi Ripple Maker kofemashina Tel`-Avivda joylashgan Stream CC innovatsion kompaniya tomonidan yaratilgan va u Las-Vegasda bo`lib o`tgan CES texnologiya taqdimotida ko`pchilikning e`tiborida bo`ldi. Mashina tayyorlangan lotte, kapuchino yoki boshqa ko`pikli kofe ustida rasmni chiqarishi mumkin va ushbu buyurtmani inson o`z smartfoni orqali amalga oshirsa bo`ladi.

Maxsus ilova iOS foydalanuvchilari uchun mavjud bo`lib, shu yilning fevral oyidan esa Android foydalanuvchilari uchun ham ochiq bo`ladi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, bu jarayon “ijtimoiy tarmoqga selfi joylashtirishdan” qiyinroq bo`lmaydi. Rasmni mashinaga jo`natishdan oldin foydalanuvchi rasmni o`zgartirishi mumkin.

Jurnalistlarning ta`kidlashicha, ushbu ilova qaerda shunday kofemashinalar borligini ko`rsatadi. Hozirda ishlab chiqaruvchilar o`z ishini AQShda taqdim qilishdi va yaqin kunlarda dunyo bozoriga chiqish niyatidalar.

Keyinchalik esa kofe ustida nafaqat rasmlarni joylashtirish mumkin bo`ladi, balki yana xabarlar, tabriklarni va shunga o`xshash narsalarni joylashtirish imkoniyati taqdim etiladi.

Umumun olganda, ushbu yangilik juda noyob va qiziqarlidir.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Laziz

    Juda zo’r g’oya!!!! Lekin shu kofeni olib, keyin uni ichmasdan tomosha qilib o’tirish kerak ekanda )))

  2. hi-tech

    qoyil man jon deb tatib kurgan bulardim aqlbovar qimaydi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social