Qo`shiq kuylaydigan yostiq

Qo`shiq kuylaydigan yostiq

Hozirga kelib rivojlanayotgan texnika olamida misli ko`rilmagan kashfiyotlar va yangiliklar taqdim etilmoqda. Inson hayotining har bir qirrasidagi ishlarni va harakatlarni engillashtirish maqsadida turli hildagi texnik moslamalar yaratilmoqda. Shulardan biri – Qo`shiq kuylaydigan yostiqdir.

Ko`pgina insonlar uxlatadigan tinch musiqa ostida uxlashni yaxshi ko`rishadi. Boshqalar esa faqatgina tinchlikda uxlashni afzal ko`rishadi. Ammo shunday ikki toifali insonlar bir xonada uxlasalar nima bo`ladi?

“Integrated Listening” kompaniyasi ushbu muammo haqida chuqur o`ylab va “qo`shiq kuyladigan” yostiqni – Dreampad ni yaratishga qaror qildi. Uning noyobligi shundaki, yostiq o`zi xech qanday tovushni chiqarmaydi, ammo tovushni maxsus o`zgartiruvchilar orqali ularni vibratsiyaga o`zgartiradi. Ushbu vibratsiyalar bosh suyagi orqali insonning quloqlariga kiradi.

Shunday qilib, tinchlikni hush ko`ruvchi inson yaqin bo`ladigan taqdirda ham sevikli musiqa yoki audio kitobni eshitib osoyishta uxlab qolishmumkin va bu narsa xech kimga halaqit qilmaydi.

Dreampad o`lchamlari katta emas ( 30x56x5 sm ), bu esa unga bemalol yostiq bilan standart choyshablar bilan joylashishga imkoniyat beradi. Uning antialergen chexolini bemalol echib yuvsa bo`ladi. Ammo yana bolalar uchun suv o`tkazmaydigan maxsus chexolini ham buyurtma qilish mumkin. Yostiqning audipleeriga standart 3,5-millimetrli naushniklar orqali ulanish mumkin. Xarid qilingan Dreampad ga qo`shimcha tarzda beshta sokin musiqa bilan disk beriladi va hozirda ushbu maxsulotning narhi 170$ ga teng.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. гузал

    манам шундай ёстикни хохлайман узимга )))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social