Saqich tish va og`izni bakteriyalardan tozalaydi

Saqich tish va og`izni bakteriyalardan tozalaydi

Oddiygina saqich 100 million bakteriyagacha yo`q qilar ekan, bu esa og`izdagi mikrob “aholi” sining 10 % tashkil qiladi. Huddi shunday samarani tish tozalash iplari ham berar ekan.

Aytib o`tish joizki, bugungi kunga kelib dunyo bo`yicha saqich ishlab chiqarilishi pasayib bormoqda. Ohirgi to`rt yil mobaynida 10% ga pasayish kuzatilgan va buning sabalarini ham aytish qiyin. Bir necha mutahassislarning so`zlariga qaraganda, bu narsa hozirda saqich foydali hisoblanmagani uchun bo`lishi mumkin.

Gollandiya universitetining tadqiqotchilar jamoasi saqich og`izdagi barcha burchaklardan bakteriyalarni eg`ishini va qachonki biz uni tashlasak mikroblar ham yo`q bo`lganini ko`rsatib berishdi. Tadqiqot vaqtida, bir necha ko`ngillilarga saqich (yalpiz ta`mi bilan, shakarsiz) bilan foydalanishni taklif qilishdi va keyin oz vaqtdan so`ng (30 soniyadan 10 daqiqagacha) uni olib tashlashgan. Shundan so`ng, olimlar saqichda qolgan bakteriyalarni ko`rib chiqishdi.

Natija shuni ko`rsatdiki, saqich og`izdan 100 million mikroorganizmlarni yig`adi. Ushbu ko`rsatkichni, tishni ip bilan tozalaganda va tish cho`tkasida pastasiz foydalanilganda ham shunday natija beradi. Bundan tashqari, saqich og`izning tish ipi etolmaydigan burchaklargacha etib boradi.

Biroq tadqiqotchilar saqichni uzoq vaqt chaynashni tavsiya qilishmaydi. Natijalarga ko`ra, saqich o`zoq vaqt chaynalganda undagi bakteriyalar soni kamayib boradi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. laziz

    hmm da balkim foydalidir

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social