Serial aktyori mingyillik dunyo rekordini yangiladi (+video)

Serial aktyori mingyillik dunyo rekordini yangiladi (+video)

Islandiyalik og`ir atlet va aktyor Xaftor Yulius B`yornson 1000 yil oldin o`rnatilgan dunyo rekordini yangiladi. Xaftor Yulius 600 kg vazn va 9 metrli yog`ochni ko`tarib besh qadam yurishga muvoffaq bo`lgan. Shu bilan, u tillarda doston bo`lgan viking qabila boshlig`i natijasidan o`tib ketgan.

Islandiya afsonalariga ko`ra, Orm Storulffson ismli viking elkasida 10 metrli uzunlikdagi va 650 kilogramm vazndagi yog`och bilan uch qadam qo`yishga muvaffaq bo`lgan. Vikingga yog`ochni ko`tarishga 50 kishi yordam bergan. Biroq uch qadamdan so`ng og`ir vazn ostida vikingning umurtqasi singan. 26 yoshli Xaftor B`yornson 5 qadam yurishga muvaffaq bo`ldi va shu bilan rekordni yangiladi.

Ta`kidlab o`tish joizki, Xaftor B`yornson “Taxtlar o`yini” (Igra prestolov) serialining to`rtinchi faslida “Gora” ismi bilan rol o`ynagan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social