Shanxay bankida barcha insonlar robotlarga almashtirildi

Shanxay bankida barcha insonlar robotlarga almashtirildi

Shanxayga kelib, nafaqat restoran yoki kafelarda robotlarni ko’rishingiz, balki boshqa joylarda ham insonlar robotlarga almashtirilganini ko’rishingiz mumkin. Yaqinda Xitoyning ikkinchi yirik banki “China Construction Bank” Shanxayda filial ochdi va unda faqat sun’iy aqlli robotlar mijozlarga xizmat ko’rsatadi.

Ular valyuta almashtirish, hisob ochish, pul o’tkazish yoki investitsiyalar bilan yordam berishlari mumkin. Avvalo, siz uni birinchi marta foydalanganda tizimni yuzingizni va identifikatoringizni tekshirishga ruxsat berishingiz kerak. Bu o’z ma’lumotlar bazasini to’ldirish uchun amalga oshiriladi. Keyinchalik suniy intelekt mijozning tashrifi va u haqida ma’lumot beradi. Robotlar xitoy tilidan tashqari boshqa tillarda gapirishi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Inson xizmatiga muhtoj bo’lganlar uchun bunday aloqa mavjud bo’lgan alohida xona mavjud. Bu ham faqatgina video chat orqali amalga oshiriladi. “China Construction Bank” ma’lumotlariga ko’ra, bank 360 ta filialda 1600 ta robotni ishga chiqargan.

Rahbariyatning fikriga ko’ra, ushbu qadam texnik jihatdan savodli mijozlar uchun bankning jozibadorligini oshirishga yordam beradi. Albatta, shu orqali harajatlar ancha kichik bo’ladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social