“Skype” videohabarlar bilan ishlash ilovasini taqdim etdi (+video)

“Skype” videohabarlar bilan ishlash ilovasini taqdim etdi (+video)

“Skype” qisqa videohabarlar bilan ishlash uchun yangi “Qik” ilovasini ishlab chiqardi. Har bir videolavhaning maksimal uzunligi 42 soniya bo`lishi kerak.

Habarni yozish vaqtida siz bemalol asosiy va oldingi kamerani ishlatsangiz bo`ladi. Smartfon foydalanuvchilari 5 soniya uzunligidagi 12 videolavhani tayyorlashi mumkin. Ularni tezkor emotsional javob uchun ishlatishlari mumkin (stiker va smayliklar o`rniga). Hamda habarlarni uyali aloqasiz yozish imkoniyati mavjud va keyinchalik uni jo`natish mumkin.

Biroq Qik ilovaga videoni telefon xotirasidan yuklab bo`lmaydi. Ushbu ilova smartfon kontaktlari bilan sinronizatsiya qilinadi va Skype yoki Microsoft ning boshqa servislarida ro`yxatdan o`tish shart emas.  Shuningdek, guruh bo`lib gaplashishni ham qo`llash mumkin. Jo`natilgan video lavhalar smartfonda ikki xaftagacha saqlanishi mumkin va olingan videohabarlarni telefonda saqlash mumkin emas.

“Qik” ilovasi “App Store”, “Google Play” va “Windows Store” internet do`konlarida mavjud.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Jahon

    Yaxwi narsa-ku, lekin uzbdagi internerlani buni umuman ko’tarmiydi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social